Chechenistonda nomaʻʻlum shaxslar Rosgvardiya karvoniga hujum qildi
Chechenistonda nomaʻʻlum shaxslar Rossiya gvardiyasi karvoniga hujum qildi. Rosgvardiya matbuot xizmati bir harbiyning halok boʻlgani, bir xizmatchi yaralanganini maʻʻlum qildi. Hujum qilganlar yashiringan.
Chechenistonda
nomaʻʻlum shaxslar Rossiya gvardiyasi karvoniga hujum qildi. Tafsilotlar
haqida «Interfaks»ga Rosgvardiya
matbuot xizmati xabar berdi.
“Grozniy chekkasida nomaʻʻlum shaxslar harbiy kolonnaga hujum
qilishdi. Oʻqqa tutilishi natijasida harbiy xizmatchilardan biri halok boʻldi,
ikkinchisi yaralandi”, — deyiladi xabarda.
Jabrlanuvchi tibbiy muassasaga etkazilgan. Hujumchilar qochib
ketishdi.
“Baza” Telegram-kanalining
aniqlik kiritishicha, Milliy gvardiyaga hujum respublikaning Grozniy tumanidagi
Petropavlovskaya qishlogʻida tushga yaqin sodir boʻlgan. Nomaʻʻlum shaxslar harbiylar ketayotgan yuk
mashinasiga qarata oʻq uzgan.