16.09.2024 12:33

Rossiya hukumati hijoblarni mahalliy taqiqlash toʻgʻrisidagi qonunni maʻʻqullamadi

Rossiya hukumati Davlat dumasi deputati Vladislav Davankovning maktablar va mahalliy hokimliklarga diniy liboslarga mahalliy taqiq oʻrnatish huquqini beruvchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi, deb yozadi «TASS» hukumat rasmiy sharhiga tayanib. Hujjatda qayd etilganidek, qabul qilinishi uchun qonun loyihasini sezilarli darajada takomillashtirish zarur. Davankov taʻʻlim tashkilotlariga diniy libos yoki ramzlarni kiyishni mahalliy taqiqlash imkoniyatini, shahar yoki viloyat deputatlariga esa davlat tashkilotlarida, jamoat joylarida yuzni toʻliq yoki qisman yashiradigan diniy va boshqa kiyimlarni kiyishni mahalliy taqiqlash huquqini berishni xohlamoqda. Rossiya hukumati qonunchilikda "diniy libos", "diniy atributlar yoki diniy ramzlarga ega kiyim" tushunchalariga izohlar yoʻqligiga eʻʻtibor qaratdi. Ushbu faktni hisobga olgan holda, tuzatishlar "noaniq huquqni qoʻllash amaliyotiga olib kelishi" mumkinligi qayd etildi. Rossiya muftiylari avvalroq “Davankov qonuni”ni islom dinining bir qismi boʻlgan va ayollar uchun majburiy boʻlgan hijobni taqiqlovchi bandi tufayli tanqid qilgan edi. Ayni paytda, ayrim hududlarda oʻquvchi-talabalar hijobi tufayli oʻqishga kiritilmagani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Xususan, Xanti-Mansi avtonom okrugidagi Lyantor neftʻ kolleji (LNT) talabasi Liliya Raxmatullina roʻmoli tufayli oʻqishga kiritilmagan.

Mavzuga aloqador