Islom hamkorlik tashkiloti
-
Oʻtgan hafta AQSh Gʻazoda davom etayotgan genotsid fonida Isroil va arab generallari bilan yashirin uchrashgani maʻʻlum boʻldi. Unda Iordaniya, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA generallari, shuningdek, AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni Maykl Kurilla hamda bosqinchi davlat shtab boshligʻi Gertsi Xalevi ishtirok etgan. Arab davlatlari razvedka maʻʻlumotlarini almashish hamda Isroilga qarata otilgan raketa va dronlarni urib tushirish vazifasini olgan.
-
Tolibon rahbariyati Gambiya poytaxti Banjul shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 15-sammitida ishtirok etdi. IHT Tolibon maʻʻmuriyatiga sammitda qatnashish uchun rasmiy taklif yubordi.
-
“Tolibon” 4-5 may kunlari Gambiya poytaxti Banjulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammitida ishtirok etish istagini bildirdi. Afgʻoniston Muvaffaq hukumati rahbari oʻrinbosari Abdul Salom Hanafiy Kobulda IHT maxsus vakili bilan uchrashuvda islom olamida azob-uqubatlar keng tarqalgani, musulmon davlatlari muammolarni hal qilish uchun hamkorlik qilishi kerakligini aytdi.
-
Xiva shahriga “Islom olamining 2024 yilgi sayyohlik poytaxti” sertifikatini topshirildi. 2024 yil may oyida ushbu shaharda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) turizm vazirlarining 12-sessiyasi, Taste of Uzbekistan Festival gastronomik festivali, Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan «Strongmen» xalqaro bahodirlar oʻyini musobaqasi, «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan.
-
Istanbulda Islom Hamkorligi Tashkiloti axborot vazirlarining navbatdan tashqari yigʻilishi Isroil dezinformasiyasiga qarshi kurashishga kelishib olindi. Yigʻilishda Oʻzbekistondan ham vakil ishtirok etdi.
- 01