22.04.2024 10:32

“Tolibon” Islom hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish istagini bildirdi

“Tolibon” 4-5 may kunlari Gambiya poytaxti Banjulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammitida ishtirok etish istagini bildirdi. Afgʻoniston Muvaffaq hukumati rahbari oʻrinbosari Abdul Salom Hanafiy Kobulda IHT maxsus vakili bilan uchrashuvda islom olamida azob-uqubatlar keng tarqalgani, musulmon davlatlari muammolarni hal qilish uchun hamkorlik qilishi kerakligini aytdi.

“Tolibon” Gambiyada Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tomonidan oʻtkaziladigan davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammitiga oʻz vakilini joʻnatmoqchi ekanini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda Anadolu.

Afgʻoniston matbuoti xabarlariga koʻra, Afgʻoniston Muvaqqat hukumati rahbari oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy poytaxt Kobulda IHTning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Tariq Ali Baxit bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Hanafiy islom olamida azob-uqubatlar keng tarqalgani, musulmon davlatlari muammolarni hal qilish uchun hamkorlik qilishi kerakligini aytdi.

Hanafiy IHTga aʻʻzo davlatlar bilan yaxshi aloqalarni rivojlantirish istagida ekanliklarini taʻʻkidlab, IHT Gambiyada mezbonlik qiladigan davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammitiga oʻz vakilini yuborish istagini bildirdi.

IHT davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammiti 4-5 may kunlari poytaxt Banjulda boʻlib oʻtadi.

Mavzuga aloqador