Xiva shahriga Islom olamining sayyohlik poytaxti sertifikati topshirildi
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Oʻzbekistonning qadimiy Xiva shahriga “Islom olamining 2024 yilgi sayyohlik poytaxti” sertifikatini topshirdi. Sertifikatni Xiva hokimi Timur Davletovga IHT bosh kotibi oʻrinbosari Ahmad Kavesa Sengendo taqdim etdi.
Qadimiy
shahar ushbu nominatsiyani 2022 yil iyunʻ oyida IHTga aʻʻzo davlatlar turizm
vazirlarining Bokuda boʻlib oʻtgan XI sessiyasida olgan edi. Oʻshanda turizm
poytaxti maqomi uchun BAAning Abu-Dabi, Turkiyaning Shonliurfa, Nigeriyaning Laos
va Tojikistonning Dushanbe shaharlari ham kurashgandi.
“Islom
hamkorlik tashkiloti tomonidan “Islom olamining sayyohlik shahri” maqomi berilgani
Xiva shahrining xalqaro turizm bozorida yanada mashhur sayyohlik maskaniga aylanish
imkonini yaratadi”, – dedi turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jamshid
Abdusalomov.
Turizm
qoʻmitasi vakilining soʻzlariga koʻra, Xiva Markaziy Osiyoda toʻliq saqlanib qolgan
yagona yodgorlik shahar hisoblanadi. Ushbu tarixiy shaharga oʻtgan yili 500 mingdan
ziyod sayyoh tashrif buyurdi, turistlarning 20 foizga yaqini IHTga aʻʻzo
davlatlardan. Kelgusida sayyohlar sonini 1 mln nafarga etkazish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston
prezidenti qaroriga muvofiq, Xivaning turizm salohiyatini faol targʻib qilish
maqsadida 2024 yilda shaharda Taste of Uzbekistan Festival gastronomik festivali,
Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan «Strongmen» xalqaro bahodirlar oʻyini
musobaqasi, «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi
belgilangan.
Maʻʻlumot
uchun: bugungi kunda IHT 1,7 milliard aholiga ega 57 davlatni birlashtirgan
dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston ushbu
tashkilotga 1996 yilda aʻʻzo boʻlgan.