29.02.2024 07:29

IHT yigʻilishida Isroil dezinformatsiyasiga qarshi kurashishga kelishildi

Istanbulda Islom Hamkorligi Tashkiloti axborot vazirlarining navbatdan tashqari yigʻilishi Isroil dezinformasiyasiga qarshi kurashishga kelishib olindi.

24 fevralʻ kuni Istanbulda Islom Hamkorligi Tashkiloti (IHT) axborot vazirlarining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur anjuman Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 43 mamlakatdan kelgan 20 ga yaqin vazirlar, 200 dan ziyod yuqori martabali shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro jurnalistlar ishtirok etdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari yigʻilishiga videomurojaat yoʻlladi.

“Isroilning gʻazolik birodarlarimizga qarshi vahshiyliklarini qayd etish, ularni maʻʻlum qilish va dezinformatsiya harakatlarining oldini olish eng muhim vazifalarimizdandir. Islom Hamkorligi Tashkiloti axborot vazirlarining navbatdan tashqari yigʻilishini oʻtkazishga hissa qoʻshganlarni tabriklayman. Robbim falastinlik qardoshlarimizning yori va yordamchisi boʻlsin”, - dedi prezident Erdogʻan oʻz nutqida.

Turkiya Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari, IHT axborot vaziri, muvaqqat raisi Fahrettin Alʻtun hamda IHT bosh kotibi Husayn Ibrohim Taha tomonidan ochilgan yigʻilishda Isroilning oʻtgan yilning 7 oktyabrdan beri ishgʻol qilgan Falastin tuproqlarida jurnalistlarga uyushtirgan hujumlari va dezinformasion faoliyatlar muhokama qilindi.

“Badali qanday boʻlishidan qatʻʻi nazar, Isroilning vahshiyligi, genotsidga urinishlari, harbiy jinoyatlarini nafaqat gazetalarda, balki butun Falastin boʻylab qilayotgan yomon ishlarini dalillar bilan oshkor qilishimiz kerak. Biz bu boradagi harakatlarimizni davom ettiramiz. Ishonamizki, Isroil nimaiki qilmasin, qilgan zulmlari bilan hech qachon haqiqatning ovozini oʻchira olmaydi”, - dedi Fehrittin Altun.

Shuningdek, yigʻin raisi islom davlatlari sifatida haqiqatni hayqirib aytishda davom etishi, Falastin masalasining global kun tartibidan tushishiga hech qachon yoʻl qoʻymasligini taʻʻkidladi.

Isroilning buyuk harbiy jinoyatlarini yashirish uchun yuzaga keltirgan bu zulmatini biz yoritishda davom etamiz. Zero, shoir aytganidek, zulmat oydinlikdan, yolgʻon toʻgʻrilikdan qochar. Isroil ham nurdan va haqiqatdan qochmoqda. Ammo bu qochish Isroilni tarix va haqiqat oldida mahkum boʻlishdan qutqara olmaydi, - dedi Fehrittin Altun.

Dastur soʻngida tashkilotning yakuniy deklaratsiyasi eʻʻlon qilindi. Unda Isroilning Gʻazo sektorida amalga oshirgan vahshiylik va qirgʻinlarni yashirish maqsadidagi tizimli ravishda dezinformasion kampaniyalari, shuningdek, yolgʻon va chalgʻituvchi maʻʻlumotlar hamda soxta xabarlar tarqatilishi qoralanib, xalqaro hamjamiyat diqqatini qaratishga chaqiradi.

IHT axborot vazirlarining favqulodda yigʻinida oʻzbekistonlik vakil ham ishtirok etdi.

Maʻʻlumot uchun, Islom hamkorlik tashkiloti bugungi kunda 1 milliard 700 million aholi yashaydigan 57 ta davlatni birlashtirgan dunyodagi eng yirik xalqaro tuzilmalardan biridir. Oʻzbekiston IHTga 1996 yilda aʻʻzo boʻlgan.

Mavzuga aloqador