Indoneziya
-
Indoneziyaning Flores orolida sodir boʻlgan vulqon portlashi natijasida eng kamida 9 kishi, jumladan, bir rohiba hayotdan koʻz yumdi. Mamlakatda ayni vaqtda 130 ta faol vulqon mavjud.
-
Indoneziyaning Bali orolida xorijlik sayyohlar soni koʻpayishi ortidan jinoyatchilik avj olib, mehnat bozorida raqobat kuchaygani maʻʻlum qilindi. Shu bois hukumat ushbu hududda turizm islohotini amalga oshirish, “giyohvand moddalar, jinoiy guruhlar va boshqa muammolarni olib kelayotgan” xorijliklarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
-
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Indoneziya bilan birgalikda Gʻazoga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini bildirdi. Buning uchun BMT ruxsati (mandati) talab qilinadi.
-
Joriy yilning 13 iyunʻ kuni Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi. Bu haqda elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi. 74 yoshli Sunario Kartadinata 2019 yildan beri Oʻzbekistonda diplomatik faoliyat olib borayotgandi. Hozircha elchixona uning oʻlimi sababini ochiqlamagan.
-
Indoneziyaning Bali orolida bir rossiyalik, ukrainalik aka-uka va bir Indoneziya fuqarosi giyohvand moddalar ishlab chiqarish va tarqatish bilan shugʻullangani uchun qoʻlga olindi. Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, yigitlar aniq belgilangan vazifalarni bajarishgan: ukrainaliklar giyohvand moddalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullangan, Rossiya fuqarosi tarqatish uchun javobgar, indoneziyalik esa vositachilik qilgan. Ularning barchasi qatl etilishi mumkin.
-
Indoneziya poytaxtni aholi gavjum boʻlgan Jakartadan Borneo oroliga koʻchirishni rejalashtirmoqda. 2045 yilgacha qurib bitkazilishi kutilayotgan Nusantara shahridagi ilk masjidning tamal toshi qoʻyildi.
- 01