04.09.2024 11:50

Indoneziya xorijlik sayyohlar sonini kamay

Indoneziyaning Bali orolida xorijlik sayyohlar soni koʻpayishi ortidan jinoyatchilik avj olib, mehnat bozorida raqobat kuchaygani maʻʻlum qilindi. Shu bois hukumat ushbu hududda turizm islohotini amalga oshirish, “giyohvand moddalar, jinoiy guruhlar va boshqa muammolarni olib kelayotgan” xorijliklarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Indoneziya Bali orolini xorijliklar keltirib chiqargan muammolardan xalos qilish maqsadida ushbu hududda turizm islohotini amalga oshiradi. Bu haqda dengiz ishlari va investitsiyalar boʻyicha koordinatori Luxut Pandjaytan maʻʻlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Balida 200 ming nafar xorijlik doimiy istiqomat qiladi, bu esa jinoyatchilikning avj olishi va mehnat bozorida raqobatning kuchayishiga olib keladi, deb yozadi Reuters.

“Chet ellik sayyohlar giyohvand moddalar, jinoiy guruhlar va boshqalar kabi muammolarni olib kelishadi. Biz ularni Indoneziyadan, Balidan deportatsiya qilishimiz mumkin va endi orolga kelishiga ruxsat bermaymiz”, dedi u.

Pandemiya tugaganidan soʻng Baliga kelgan sayyohlar soni ortdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularning oʻzlarini nooʻrin tutgani aks etgan videolar tarqalib, mahalliy aholining gʻazabini keltirdi.

Joriy yilning oʻzida Baliga 2,9 milliondan ortiq xorijlik tashrif buyurdi, bu Indoneziyaga kelgan barcha xalqaro tashriflarning 65 foizini tashkil qiladi.

“Biz sholi dalalarining villalar yoki nudistlar klubiga aylanishini istamaymiz. Biz uchun miqdordan koʻra sifat muhimroq”, dedi Pandjaytan. U hukumat tez orada Bali uchun turizmni isloh qilish rejasini eʻʻlon qilishini bildirdi.

Mavzuga aloqador