Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 9 kishi halok boʻldi
Indoneziyada vulqon portlashi oqibatida 9 kishi halok boʻldi
Indoneziyaning Flores orolida sodir boʻlgan vulqon portlashi natijasida eng kamida 9 kishi, jumladan, bir rohiba hayotdan koʻz yumdi. Mamlakatda ayni vaqtda 130 ta faol vulqon mavjud.
Indoneziya tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatning chekka orollaridan biri Floresda joylashgan Levotobi Laki Laki togʻida vulqon otilgan.
Portlashdan soʻng lava oqimi etib borgan yaqin atrofdagi qishloqda bir qancha uylar, jumladan, nasroniy ibodatxonasi yonib ketdi.
Rasmiylarning xabar berishicha, 8 kishi, jumladan rohiba halok boʻlgan, bir kishi bedarak yoʻqolgan.
Oʻtgan haftadan beri mintaqada bir qator portlashlar sodir boʻldi, hukumat Levotobi Laki Laki togʻi uchun ogohlantirish maqomini eng yuqori darajaga koʻtardi.
Vulqon oʻtgan haftadan beri har kuni ikki ming metrgacha balandlikka quyuk jigarrang kul sochmoqda.
Indoneziyada 130 ta faol vulqon mavjud boʻlib, u "Tinch okeanining olov halqasi" zilzila va vulqon zonasida joylashgan.