bolalar
-
BMT maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yilda bolalar qurolli mojarolardan noproportsional tarzmda aziyat chekishda davom etishdi, ushbu muddat davomida bolalarga nisbatan 27 180 ta jiddiy huquqbuzarlik qayd etildi. Bu haqda BMTning 2022 yilda bolalar va qurolli mojarolar toʻgʻrisidagi hisobotida soʻz boradi.
-
Ramazon – oʻzi bilan bogʻliq shirin-shirin xotiralarni har damgidan ham yorqinroq yodga soladigan ajib fursat. Qoʻlchalaridan birida pul, bittasida idishni mahkam ushlab, koʻcha boshiga nisholda olishga ketayotgan bola qalbidagi quvonchdir Ramazon. Nimagadir qoqinib, qoʻlidagi nisholda er bilan bitta boʻlgan goʻdakni turgʻizib, ust-boshini qoqib, yana boshqa kosaga nisholda toʻldirtirib bergan bobo haqidagi xotiralardir. “Birpasda tugab qoldi-ya roʻza”, deb koʻzyosh toʻkayotgan buvisini koʻrib: “Ertaga hayit boʻladigan kunda ham yigʻlaydimi?” deya oʻylanayotgan kichkintoy koʻzidagi hayratdir Ramazon.
-
Har bir ibodatning nazariy va amaliy tomonlari boʻladi. Bolalar ham bilimga, ham koʻrib oʻrganishga ehtiyoj sezadi. Biz yo bolamizga faqat bilim berib, oʻzimiz oʻrnak boʻlishni unutamiz, yoki ibodatlarimizni oʻzimiz qilib, bolaning bu boradagi qiziqishlarini qondiradigan bilimlar berishda nuqsonga yoʻl qoʻyamiz. Roʻza haqida gap ketganida esa, Ramazon kelmasidan oldin bolalarimizga u haqida maʻʻlumot berishimiz kerak.
-
Yanvarʻ oyida Pokistonning Panjob provintsiyasida 19,5 mingdan ortiq pnevmoniya holati aniqlanib, 311 bola kasallik tufayli vafot etdi. Hukumat bunga havo ifloslanishi, chang va sovuq ob‑havo sabab boʻlayotganini maʻʻlum qildi.
-
Save the Children xalqaro tashkiloti 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Gʻazodagi 1,1 mln voyaga etmagan bolalarning 1 foizi - 10 ming nafardan ziyodi Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Tashkilot qirgʻinlardan omon qolgan bolalar ham taʻʻriflab boʻlmas dahshatlarga dch kelayotgani, tanalari va ruhiyatlarida butun umrlik jarohatlar olayotganini bildirdi.
- 01