12.01.2024 12:37

Save the Children: 7 oktyabrdan buyon Gʻazoda 1 foiz bolalar Isroil hujumlari qurboniga aylandi

Save the Children xalqaro tashkiloti 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Gʻazodagi 1,1 mln voyaga etmagan bolalarning 1 foizi - 10 ming nafardan ziyodi Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Tashkilot qirgʻinlardan omon qolgan bolalar ham taʻʻriflab boʻlmas dahshatlarga dch kelayotgani, tanalari va ruhiyatlarida butun umrlik jarohatlar olayotganini bildirdi.

Save the Children xalqaro tashkiloti Gʻazo sektoridagi 1 foiz bolalar Isroil hujumlari qurboniga aylanganini maʻʻlum qildi.

Huquq himoyachilari Isroilning ishgʻol ostidagi qilingan eksklavga hujumlari paytida 10 mingdan ortiq bola halok boʻlgani, Gʻazoda umumiy 1,1 million voyaga etmagan bolalar istiqomat qilayotganini eslatdi.

Shunday qilib, mintaqadagi bolalarning 1 foizi Isroil armiyasining hujumlari paytida halok boʻldi, deyiladi hisobotda.

“Gʻazo sektoridagi zoʻravonliklardan omon qolgan bolalar taʻʻriflab boʻlmas dahshatlarga duch kelishmoqda, jumladan, hayotini oʻzgartiruvchi jarohatlar, kuyishlar, kasalliklar, tibbiy yordamning etishmasligi, ota-onalari va boshqa yaqinlaridan judo boʻlish. Xavfsiz joy yoʻqligi sababli ular bir necha bor zoʻravonlikdan qochib, noaniq kelajak dahshatiga duch kelishga majbur boʻlmoqda”, — deyiladi hisobotda.

"Gʻazodagi vaziyat dahshatli va butun insoniyat uchun falokat".

Save the Children tashkilotining bosib olingan Falastin hududi direktori Jeyson Lining aytishicha, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga erishilmagani uchun falastinlik bolalar katta toʻlov toʻlamoqda.

“Yakuniy sulhga erishilmagani uchun har kuni oʻrtacha 100 nafar bola halok boʻlmoqda. Bolalarni oʻldirish uchun hech qanday asos yoʻq. Gʻazo sektoridagi vaziyat dahshatli va butun insoniyat uchun falokat”, — dedi u.

Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari natijasida 2023 yil 7 oktyabrdan beri 23469 falastinlik halok boʻldi, ulardan 10300 nafari bolalar va 7100 nafari ayollar.

Mavzuga aloqador