16.09.2025 16:15
16

Voyaga etmaganlarga nisbatan uyatsiz harakatlar uchun jazo kuchaytiriladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining yigʻilishida "Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qayd qilinishicha, 16 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internetdan foydalanib, uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Shuningdek, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Taъkidlanishicha, bolalarni turli zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishiga qaramay, bu boradagi nomaqbul harakatlar kamaymayapti. Maъlumotlarga koʻra, 2025 yil 8 oyida voyaga etmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish jinoyati 36 foizga ortgan.

Mavzuga aloqador