11.02.2025 14:44

Saudiya Arabistoni ziyoratchilarga bolalarni olib kelishni taqiqladi



Saudiya Arabistonida 2025 yilda bolalarning xavfsizligini taъminlash, yaъni haj ziyorati chogʻida ularga turli zarar etmasligi uchun bolalarni Haj ziyoratiga olib borishni taqiqladi. Bu haqda "NDTV World" nashri xabar berdi. (https://www.ndtv.com/world-news/hajj-2025-saudi-arabia-bans-pilgrims-from-bringing-children-for-this-reason-7677126)

Xabarga koʻra, Haj va Umra vazirligi tomonidan ziyoratchilarning xavfsizligini taъminlash doirasida axborot targʻibotlari olib borilmoqda.

Ziyorat joylarida tashrif buyuruvchilar sonining koʻpligi sababli tiqilinch holatlar yuzaga kelmoqda. Bu esa nafaqat bolalar va yoshi kattalar salomatligiga ham taъsir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Oldinroq, Saudiya Arabistoni hukumati Umra ziyorati uchun mamlakatga tashrif buyuruvchilarga qoʻyilgan meningitga qarshi majburiy emlash talabini bekor qilgandi.

Mavzuga aloqador