Ubudiyat
Oʻlimning olti bosqichi
Birinchi bosqichning nomi “oʻlim kuni” deyiladi. Hech kim bu kun haqida hech narsani bilmaydi, hatto oʻsha kun kelganini, shu kuni vafot etishini ham anglamaydi. Inson ushbu vaqt kelganini bilmasada, lekin tanasida bir qancha oʻzgarishlar boʻlayotganini sezadi. Masalan, oʻsha kunda moʻmin kishining koʻngli yorishadi, qalban huzur va halovatni tuyadi. Aksincha, fojir kimsaning koʻngli siqilib, qalbi eziladi.
Davomini o'qish...22.05.2024 19:21Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (2-qism)
Musulmonlar “tarbiya” deb ataydigan axloqiy pedagogika savollariga javoblar ancha moslashuvchan va xilma-xildir. Istalgan fazilatga ega boʻlish yoki oʻrgatishning toʻgʻri yoʻli qanday: mehrmi yo qoʻrquv? Mehrli ota-onaning iliq tarbiyasimi yoki qattiqqoʻl tarbiyachining temir tartib-intizomi? Donishmandlarning falsafiy mulohazalarimi yoki eng muvaffaqiyatli va qudratli shaxslarning maslahatlari? Janglarning shiddatimi yoki kutubxonaning sakinati? Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.
Davomini o'qish...22.05.2024 16:30Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)
Dinsiz ham axloqli boʻla olamizmi? Sekulyar dunyoda ushbu savol juda koʻp beriladi. Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, mazkur savolning javobi uning kimdan soʻralishiga bogʻliq: insoniyatning kambagʻal va dindor boʻlgan aksariyat qismi uchun javob – yoʻq; boylar, dunyoviylashgan ozchiliklar yoki tajovuzkor sekulyar rejimlar tomonidan miyasi yuvilganlar uchun esa javob odatda – ha. Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.
Davomini o'qish...21.05.2024 16:30Uzr soʻrashni bilamizmi?
Kechirim soʻrash tushungan odam uchun fazilat, ezgulikka yoʻl; tushunmagan uchun esa ojizlik ifodasi...
Davomini o'qish...30.04.2024 15:31Nega Ramazondagi xulqimiz boshqa oylarga ham oʻtmaydi?...
Ammo men tushunmaydigan narsa shuki, nega endi Ramazondagi xulqimiz boshqa oylarga oʻtmaydi?! Nega endi yil boʻyi Ramazondagi kabi ibodatga berilmaymiz?! Nega endi bomdodlarda toʻlib turgan masjid Ramazon chiqishi bilan yarmidan ham kamayib ketadi?! Nega endi Qurʻʻonni umr kitobi emas, Ramazon kitobi deb qaraymiz?! Nega endi boshqa oylarda sadaqa berish uchun faqir qidirmaymiz?! Faqirlar boshqa oylarda ovqat eyishmaydimi?!
Davomini o'qish...22.04.2024 15:31Uch savolga uch javob
Umar ibn al-Xattob davrlarida u kishining huzurlariga uch kishi miskin bir yigit bilan kirib shunday deyishdi: "Ey moʻʻʻminlar amiri, mana bu yigitdan biz uchun qasos olishingizni soʻraymiz, sababi bu inson bizni otamizni oʻldirdi".
Davomini o'qish...20.04.2024 15:28Molik ibn Dinor qanday tavba qilgan?
Molik ibn Dinordan tavba qilishiga nima sabab boʻlganini soʻrashdi. U bunday javob berdi: «Ilgari men oʻyin-kulgi va ichkilikka qattiq berilgan edim. Koʻngil xushi uchun bir joriya sotib oldim. Maʻʻlum muddat oʻtib, qizchalik boʻldik. Men qizimni juda yaxshi koʻrardim. Oʻsib-ulgʻayib emaklaydigan, keyin yuradigan boʻldi. Qachon men aroq ichmoqchi boʻlsam, u qoʻlimdan tortib olib, aroqni toʻkib yuborar edi. U ikki yoshga etgach, vafot etdi. Men qaygʻuda qoldim...
Davomini o'qish...18.04.2024 15:25Dono bolaning zehni
Kunlardan bir kun Rum podshohi Bogʻdod musulmonlariga uch savol berish amri bilan oʻz elchisini joʻnatdi. Elchi shaharga etib borgach, xalifaga podshohning istagini bildirdi. Shunda xalifa shahar ulamolarini saroyga yigʻishni buyurdi.
Davomini o'qish...17.04.2024 15:27Dadamni yaxshi koʻr! Xuddi men seni yaxshi koʻrgandek...
Oradan qancha vaqt oʻtdi bilmayman, koʻzim ilingan ekan. Soat tungi 01:00. Oʻgʻlim jajji qoʻllari bilan yuzimdan silab, biroz qoʻrquv bilan uygʻotdi: "Dadajon xuftonni oʻqimay uxlab qolibsiz". Qarasam qoʻlida joynamoz. Biroz bir-birimizga tikildik. Oʻgʻlimning koʻzida maʻʻyuslik va mehr qalqib turibdi. Borib tahorat oldim, oʻgʻlim esa joynamoz koʻtargancha ortimdan ergashib yurdi. Uning qoʻlidagi joynamozni olib, namoz oʻqishni boshladim...
Davomini o'qish...16.04.2024 16:30Shavvol oyi va uning olti kunlik roʻzasi
Mana, alhamdulillah, Allohning inoyati bilan Ramazon hayitini ham eson-omon nishonladik. Bu Ramazon ketdi, ibodatlar toʻxtadi degani, emas, albatta. Hozir Ramazondan keyin keladigan shavvol oyida turibmiz. Shavvol hijriy-qamariy taqvimning oʻninchi oyidir. Bu muborak oyning fazilatlari juda koʻp. Quyida ulardan baʻʻzilari bilan tanishamiz.
Davomini o'qish...13.04.2024 15:30
...