Nega Ramazondagi xulqimiz boshqa oylarga ham oʻtmaydi?...
Nega
Ramazondagi xulqimiz boshqa oylarga ham oʻtmaydi?...
Ammo men
tushunmaydigan narsa shuki, nega endi Ramazondagi xulqimiz boshqa oylarga
oʻtmaydi?! Nega endi yil boʻyi Ramazondagi kabi ibodatga berilmaymiz?! Nega endi
bomdodlarda toʻlib turgan masjid Ramazon chiqishi bilan yarmidan ham kamayib
ketadi?! Nega endi Qurʻʻonni umr kitobi emas, Ramazon kitobi deb qaraymiz?! Nega
endi boshqa oylarda sadaqa berish uchun faqir qidirmaymiz?! Faqirlar boshqa oylarda
ovqat eyishmaydimi?!
Nabiy
sallollohu alayhi va saloam vafot etganlarida Madinani mahzunlik qopladi. Hamma
goʻyo boshqa odamga aylanib qolgan edi. Bu oʻzgarishga ummatning "siddiq"i
Abu Bakr roziyallohu anhu nuqta qoʻydi:
“Kim
Muhammadga ibodat qilgan boʻlsa Muhammad oʻldi. Kim Allohga ibodat qilsa Alloh
tirik, oʻlmaydi!".
Shu gapga tayanib shuni aytaman:
"Kim Ramazonga ibodat qilgan boʻlsa, Ramazon oʻtib ketdi. Kim Allohga
ibodat qilayotgan boʻlsa,
Alloh hamma oyning Robbisidir!".
Kishilarni esankiratishni, ularning qanotini qirqishni
yoqtirmayman. Men uchun yarim stakanning boʻsh qismi haqida tafakkur qilishdan koʻra, qolgan yarmi haqida
tafakkur qilish muhimroq. Qorongʻuni laʻʻnatlab oʻtirishdan koʻra, sham yoqib oʻtirishni afzal bilaman.
Robbimiz bizga tanlab bergan oyga ummatning ixlos va
muhabbat qilishi meni sevintiradi, qalbimga taskin beradi.
Ramazon oyida bomdodda safimizning koʻpligi va zichligi
koʻzlarni quvontiradi. Bu ummatning bemor boʻlsa-da oʻlmasligini oʻylab, qalb xotirjam boʻladi. Bir yil
davomida oʻlgan qalblarni qayta tiriltirish uchun Alloh Ramazonni joʻnatishi qalbni
sururga toʻldiradi. Ramazondagi masjidlarning shukuhi oʻzgacha. Kishilar xatmlar va
qorilar haqida hayajon bilan suhbatlashishadi. Farzandlarimizning bu oyda qurʻʻonga
yuz burishi, qori boʻlishni niyat qilishi kelajagimizdan bizni xotirjam qiladi.
Inshaalloh buning hosilini koʻramiz.
Qarindoshlar va qoʻshnilar orasida kosa va tovoqlar aylanadi.
Muhabbat va ulfatchilik ziyoda boʻladi. Sadaqa berishlar koʻpayadi....
Ammo men tushunmaydigan narsa shuki, nega endi Ramazondagi
xulqimiz boshqa oylarga oʻtmaydi?! Nega endi yil boʻyi Ramazondagi kabi ibodatga
berilmaymiz?!
Nega endi bomdodlarda toʻlib turgan masjid Ramazon chiqishi
bilan yarmidan ham kamayib ketadi?!
Nega endi Qurʻʻonni umr kitobi emas, Ramazon kitobi deb
qaraymiz?!
Nega endi boshqa oylarda sadaqa berish uchun faqir
qidirmaymiz?! Faqirlar boshqa oylarda ovqat eyishmaydimi?!
Nega endi qarindosh va qoʻshnilarimizga Shavvol yoki Zulhijjada
ovqat ulashmaymiz?!
Nega endi bolalarimizni boshqa oylarda ilm oʻqishga, Qurʻʻon yodlashga
shijoatlantirmaymiz?!
Ramazonni ulugʻlash, namoz, roʻza va sadaqotlar bilan uning
haqqini ado qilish buyuk ish. Bu oyga muhabbat qiladigan, ixlos qiladigan, uni
qattiq ushlaydigan ummat buyuklikka nomzod
va insoniyatni boshqarishga munosib, madaniyat va insoniylik bayrogʻini koʻtarishga
loyiq ummatdir.
Bu ummat Ramazonni boshqa oylarga ham olib oʻtmas ekan, oʻz
oʻrnini qaytarib ololmaydi.
Faqat Ramazonni emas, Robbimizning boshqa oylarini ham
sevaylik. Boshqa oylarda ham bizga Ramazonniki kabi quvvat, ixlos va muhabbat
bersin Allohim!
Abduqodir
Polvonov