Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (2-qism)
Musulmonlar “tarbiya” deb ataydigan axloqiy pedagogika savollariga javoblar ancha moslashuvchan va xilma-xildir. Istalgan fazilatga ega boʻlish yoki oʻrgatishning toʻgʻri yoʻli qanday: mehrmi yo qoʻrquv? Mehrli ota-onaning iliq tarbiyasimi yoki qattiqqoʻl tarbiyachining temir tartib-intizomi? Donishmandlarning falsafiy mulohazalarimi yoki eng muvaffaqiyatli va qudratli shaxslarning maslahatlari? Janglarning shiddatimi yoki kutubxonaning sakinati? Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.
Axloq savollari
Zamonaviy taraqqiyot va sekulyar dunyoning epistemik
imperializmi daʻʻvolarini inkor etish bizga islom axloqining dolzarbligini
baholashga imkon beradi. Bugungi yovuz gegemon (hukmron) modellarga muqobil
zarurligini anglash uchun moʻmin-musulmon boʻlish shart emas. Nima toʻgʻriyu, nima
notoʻgʻri ekanini qanday aniqlashimiz mumkin? “Begunoh odamni oʻldirish yomon” va
“muhtoj odamga saxovat koʻrsatish yaxshi” kabi axloqiy meʻʻyorlar hayotimizni
osonlashtiradigan oddiy meʻʻyorlarmi (unda, obʻʻektiv asosga ega emas) yoki
narsalarning oʻziga xos xususiyatlariga asoslanadimi (bunda, ularni faqat aqlning
oʻzi bilan bilish mumkin) yo boʻlmasa Xudo
tomonidan hech bir sababsiz nozil qilingan (unda ularni faqat vahiy orqali bilish
mumkin) qoidalarmi? Bular meta-axloqiy savollar deb yuritiladi. Musulmon
ulamolari, koʻrib turganimizdek, bu savollar ustida chuqur muhokamalar olib
borishgan va bu javoblarning har bir versiyasini qabul qilishgan, biroq doimo
ilohiy vahiy markaziy oʻringa qoʻyilgan.
Bundan tashqari, axloqning ustuvorliklar tizimida qanday
tashkil etilgani haqida ham savollar mavjud. Istalgan xatti-harakat va
fazilatlardan qay biri boshqalariga qaraganda muhimroq va ular bir-biriga
qarama-qarshi boʻlsa, u holda biz nima qilamiz? Bu erda barcha musulmonlar ushbu
tizimni qonun yoki shariat shaklida belgilash huquqi Allohga tegishli ekaniga
ittifoq qiladilar.
Musulmonlar “tarbiya” deb ataydigan axloqiy pedagogika
savollariga javoblar ancha moslashuvchan va xilma-xildir. Istalgan fazilatga ega
boʻlish yoki oʻrgatishning toʻgʻri yoʻli qanday: mehrmi yo qoʻrquv? Mehrli ota-onaning
iliq tarbiyasimi yoki qattiqqoʻl tarbiyachining temir tartib-intizomi?
Donishmandlarning falsafiy mulohazalarimi yoki eng muvaffaqiyatli va qudratli
shaxslarning maslahatlari? Janglarning shiddatimi yoki kutubxonaning sakinati?
Ammo bulardan ham muhimrogʻi, maqsad yoki teleologiya
masalasidir. Hayotning, yaʻʻni shaxsiy xulq-atvor va ijtimoiy hayotning yakuniy
maqsadi nima? Maqsad zavq va shaxsiy
erkinlikni maksimal darajada oshirish, hukmronlik uchun guruh kuchiga ega boʻlishmi
yoki Allohni rozi qilish? Bunday muhim savolga javob qanday boʻlishi ahamiyatli
emas. Eng muhimi shuki, yaxshilikning tabiati haqida doimiy tarzda chuqur mulohaza
yuritadigan va unga intiladiganlar, ehtimolki, yaxshiroq inson boʻlib yashaydilar va
ularning haqiqat va yaxshilikka erishish ehtimoli doim yuqoriroq boʻladi. Bizni
fazilatliroq, goʻzalroq insonga aylantiradigan axloqiy mulohazalar shu bilan
birga bizning tugʻilib oʻsgan madaniyatimizdagi bidʻʻat va xurofotlar,
mazhabparastlik va hatto targʻibotlarni-da yoʻq qilish qudratiga ega. Axloq ustida
chuqur fikr yuritadigalar Islomga birinchi boʻlib yuzlanganlar va musulmonlarning
eng avlosi boʻlib qolishgan.
Islom axloqiga oid ushbu maqola (lavha) yuqorida tilga olingan
savollarga javob boʻlib xizmat qiladi. Birinchi boʻlib, biz qabul qilingan
yondashuvning asosini tashkil etuvchi Paygʻambarlik bayonotini taqdim etamiz. Keyin
esa axloq haqidagi falsafiy mulohaza qanday qilib uning manbayi boʻlgan Qodir
Allohga, ayni paytda cheklangan ratsionallikka va ilohiy rahbarlik zaruratiga
etaklaganini koʻrsatamiz. Va nihoyat biz islom nafaqat aql bilan uygʻun kelishini,
balki u oʻzining yaxlit yoʻl-yoʻriqlarining bir qismi oʻlaroq fazilatli xulq-atvorni
oqilona tushunishni ham taqozo etishini koʻrsatib beramiz.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining barcha vazifalarini jamlab
shunday deganlar:
“Men yaxshi xulqlarni tugal qilish uchun yuborilganman”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu purhikmat soʻzlarida
odamlar oliyjanob xislatlarni avvaldan tanib kelganlari va ularga ega ekanini
tasdiqlayaptilar; vahiy esa bu xususiyatlarni toʻldirish va mukammal qilish uchungina
nozil qilingan. Xos “innama” soʻzini ikki xil talqin qilish mumkin va ikkalasi ham
toʻgʻri:
“Men yangi biror narsani paydo qilish uchun emas, balki faqat
fazilatli xarakterlarni kamolotga etkazish uchun yuborilganman”.
“Men yaxshi xulqlarni
toʻldirish uchungina yuborildim”.
Birinchisi, insonlar bevosita vahiyga ega boʻlmasidan avval
ularning baʻʻzilari boshqalaridan koʻra koʻproq bilim va ezgu xulq-atvorga ega
boʻlishganini anglatadi. Buni boshqa koʻplab nozil boʻlgan matnlar, shuningdek,
mantiqiy dalillar va empirik kuzatishlar ham tasdiqlaydi. Paygʻambarimiz
sollallohu alayhi vasallam Abdulqays qabilasidan boʻlgan, Islomni qabul qilgan
Al-Ashajj bilan uchrashganlarida shunday deganlar: “Sizlarda Alloh sevadigan ikki
xislat bor: bagʻrikenglik va yumshoqlik”. Shunda bir aqlli kishi qiziqib, “Ey
Allohning Rasuli, bu xislatlarni oʻzim shakllantira olamanmi yoki Alloh ularni mening
fitratimga jo aylaydimi, deb soʻradi.
Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yoʻq, ularni
fitratingizga jo etgan Allohdir”, dedilar. Al-Ashajj shukronalik bilan: “Menga
Alloh va Rasuli yaxshi koʻradigan xislatlarni ato etgan Allohga hamdlar boʻlsin!”
dedi.
Bu anʻʻana yana shuni tushuntiradiki, ayrim xislatlar Alloh
tomonidan tabiiy ravishda baʻʻzilarga boshqalardan koʻra koʻproq beriladi,
boshqalarda esa tarbiya va taʻʻlim orqali ega boʻlishning imkoni mavjud. Yana bir
hadisi sharifda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Odamlarning
maʻʻdanlar (naslning boshlanish nuqtasi) ekanini koʻrasiz. Ularning johiliyatdagi
yaxshi boʻlganlari islomda ham eng yaxshilaridir, agar dinda faqih boʻlsa”.
Ibn Hajar oʻz sharhida mazkur hadisning uch jihatiga ishora
qiladi: Alloh tomonidan berilgan barqaror tabiat boʻlgan oliyjanob xulq (shu
sabab u metall rudasiga oʻxshatiladi), yakuniy saodatga erishish uchun islomni qabul
qilish va din ilmiga erishish uchun saʻʻy-harakat qilish. Insonlarning eng avlosi har
uchalasiga ham ega boʻlganlaridir, ammo agar biror kim Islomni rad etsa, qolgan
barcha neʻʻmatlar oʻz oʻzidan bekor boʻladi. Iymon bilan barcha tabiiy inʻʻomlar
oʻzidan chunonan yorugʻ nur taratadiki, oqibatda inson vahiy haqidagi bilim va
tushunchalarga ega boʻlishga oshiqadi.
Axloqi qay darajada yuksak, amallari qay darajada saxovatga
toʻla boʻlmasin, iymonni rad etgan kimsalarga bundan hech bir manfaat etmaydi:
“Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli xuddi boʻronli kunda
shamol uchirib ketgan kulga oʻxshaydir. Ular oʻz kasblaridan biror narsaga ega boʻlmaslar.
Ana oʻsha uzoq adashuvning oʻzidir” (Ibrohim surasi 18 oyat).
Ikkinchi maʻʻno ham toʻgʻri, chunki Paygʻambar alayhissalomning
risolatidan koʻzlangan eng asosiy maqsad, haqiqiy Yaratuvchi va Rahmonga sigʻinish
ham eng ulugʻ fazilatdir, zotan u Yaratganga hamd aytish va haqiqatni tan olish
ifodasidir va Allohning oyatlarini rad etishdan koʻra kattaroq zulm yoʻqdir (Anʻʻom,
21; Sajda, 22). Demak, u zotning (sollallohu alayhi vasallam) vazifasi barcha
fazilatlarni mukammal qilishdan boshqa narsa emas.
Xulosa qilib aytganda, Islom axloqiy fazilatlarni uch
jihatdan mukammallashtiradi:
• bu
fazilatlarga toʻgʻri maqsad yoki teleologiya (Alloh taolo) berish orqali:
• turtkining
eng yuqori va doimiy darajasini taʻʻminlash orqali;
• nozil
qilingan Qonun, shariat orqali oʻzaro raqobatda boʻlgan qadriyatlar oʻrtasida toʻgʻri
maʻʻno va muvozanatni taʻʻminlash orqali.
Davomi
bor. Birinchi qismini oʻqish
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)