22.05.2024 19:21

Oʻlimning olti bosqichi

Birinchi bosqichning nomi “oʻlim kuni” deyiladi. Hech kim bu kun haqida hech narsani bilmaydi, hatto oʻsha kun kelganini, shu kuni vafot etishini ham anglamaydi. Inson ushbu vaqt kelganini bilmasada, lekin tanasida bir qancha oʻzgarishlar boʻlayotganini sezadi. Masalan, oʻsha kunda moʻmin kishining koʻngli yorishadi, qalban huzur va halovatni tuyadi. Aksincha, fojir kimsaning koʻngli siqilib, qalbi eziladi.

Oʻlim olti bosqichdan iboratdir:

Birinchi bosqichning nomi “oʻlim kuni” deyiladi. Ushbu kunda insonning hayoti nihoyasiga etadi. Alloh taolo osmondagi farishtalarga bandaning ruhini olish uchun erga tushishlariga va uni Alloh taologa yoʻliqishga hozirlashlariga buyuradi.

Afsuski, hech kim bu kun haqida hech narsani bilmaydi, hatto oʻsha kun kelganini, shu kuni vafot etishini ham anglamaydi. Inson ushbu vaqt kelganini bilmasada, lekin tanasida bir qancha oʻzgarishlar boʻlayotganini sezadi. Masalan, oʻsha kunda moʻmin kishining koʻngli yorishadi, qalban huzur va halovatni tuyadi. Aksincha, fojir kimsaning koʻngli siqilib, qalbi eziladi. Shu bosqichda shaytonlar maloikalarning tushayotganini koʻradilar, ammo inson buni koʻra olmaydi. Qurʻʻoni karimda ushbu bosqich bunday taʻʻriflanadi: (Barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qoʻrqingiz! Soʻngra har bir jon (egasi)ga qilgan amallariga yarasha narsa (mukofot yoki jazo) berilur va ularga adolatsizlik qilinmas” (Baqara surasi, 281-oyat).

Shundan soʻng ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda tanadagi ruh tadrijiy suratda olinadi. Yaʻʻni, avval oyoqning ostidan boshlanib, sekin-asta toʻpiqqacha, tizzagacha, qoringacha, koʻkrakkacha va nihoyat inson gavdasining eng yuqori joyigacha etib boradi. U joyning nomini “taroqiy” (hiqildoq) deyiladi. Shu onda kishi qattiq charchoq va bosh aylanishini his qiladi. U oʻzini qattiq bosim ostida turgandek sezadi, oʻrnidan turishga madori qolmaydi. Tanasi borgan sari quvvatsizlanib boradi. Lekin, shu holida ham ruhi tanasini tark etayotganini tushunmay turaveradi.

Keyin uchinchi bosqichga oʻtiladi va uning nomi “taroqiy” deb nomlanadi. Ushbu bosqich haqida ham Qurʻʻoni karimda zikr etilgan: “Yoʻq! Jon hiqilloqqa kelganida. “Dam soladigan bormi”? deyilganida. U buning ajralish ekanligini bilganida, boldirlar bir-biriga chalishganida” (Qiyomat surasi, 26-29-oyatlar).

“Taroqiy” deb halqum ostidagi ikkita elkaga qarab ketgan katta suyaklarga aytiladi. Uni bu holatda koʻrgan yaqinlari “Dam soladigan bormi”? deb, biri tabibga, boshqasi tez yordamga yugurib qoladilar. Boshqalari esa, Qurʻʻon oyatlaridan oʻqib dam solish kerak, deydilar. Baʻʻzi mufassirlar ushbu oyatni: Uning jonini kim oladi, rahmat farishtalarimi yoki azob farishtalarimi? deb tortishadilar, degan tafsirni aytganlar.

Ushbu holatda ham kishi hayotga qaytishidan umidvor boʻlib, ruhi tanasidan chiqayotganini bilmay turadi. “U buning ajralish (firoq) ekanligini bilganida”. Shu vaqtgacha hayot bilan vidolashayotganiga ishonmagan. Vaholanki, ruhi boldirlaridan allaqachon chiqib boʻlgan, “boldirlar bir-biriga chalishganida” ularni harakatlantirishga ham qodir emas.

Shundan keyin toʻrtinchi – "halqum" degan bosqichga keladi. Ushbu toʻrtinchi bosqich oʻlimning eng oxirgi va inson uchun nihoyatda ogʻir kechadigan bosqichi hisoblanadi. Buning sababi, oʻsha bosqichda koʻz oʻngidagi toʻsiq, parda koʻtariladi va atrofidagi farishtalarni koʻradi. Mana shu erdan oxiratga oʻtish davri boshlanadi. “(Ey, inson!) Sen bu (ogʻir kun)dan gʻaflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni ochib yubordik. Endi, bugun koʻzing oʻtkirdir” (Qof surasi, 22-oyat).

Bu bosqichning “halqum” deb nomlanishining sababi ushbu oyatga asoslanadi: “Bas, qachonki, (kishining joni) halqumga etganida (jon berish paytida), holbuki, oʻsha vaqtda sizlar (qoʻlingizdan hech ish kelmay) qarab turursiz. Biz unga sizlardan koʻra yaqinroqdirmiz, lekin sizlar (buni) koʻrmassiz” (Voqeʻʻa surasi, 83-85-oyatlar).

Alloh taolo mayyitning atrofidagi kishilarga xitob qilib: sizlar uning atrofida turibsizlar, ammo u boshqa joydadir. Sizlar bir narsani koʻryapsiz, u esa boshqa narsani koʻryapti.

Darhaqiqat, shu onda u yo Allohning rahmatini koʻrayotgan yoki, Alloh asrasin, Uning gʻazabini koʻrayotgan boʻladi. Shu sababli mayyit oʻsha vaqtda bir nuqtaga tikilib qoladi.

Mana shu bosqich insonning ruhi olinishidagi eng qiyin oʻrindir. Chunki, shu holatda u Allohning vaʻʻdalarining haqiqatini topadi, farishtalarni koʻradi, hayoti davomida qilgan amallari koʻz oldidan oʻtkaziladi. Mana shu vaqt “oʻlim fitnasi” vaqti hisoblanadi.

“Oʻlim fitnasi”da shayton kelib insonning eʻʻtiqodida shak-shubha paydo qilishga kirishadi. Alloh haqida, paygʻambar, din, Qurʻʻon va hokazolar haqida shakkoklik qilishga undaydi. Kuchi etganicha shu insonni dindan chiqarishga, dunyodan kofir holatida ketishiga harakat qiladi. Oʻlim farishtasi kelib uning jonini olish arafasida turgan holatini shayton oʻzi uchun eng soʻngi fursat ekanligini juda ham yaxshi bilgani uchun bor kuchi bilan gʻayrat qiladi, oʻtgan vaqtlardagiga qaraganda kuchliroq zarba bilan soʻnggi zarbani berishga urinadi. Shuning uchun ham Qurʻʻoni karim bizni oʻlim fitnasidan panoh berishini soʻrab Alloh taologa iltijo qilishimizni eslatadi. “Ayting: “Ey, Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni soʻrayman. Yana men Sendan, ey, Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh soʻrayman” (Muʻʻminun surasi, 97-98-oyatlar).

Paygʻambarimiz alayhissalom hadislarining birida shunday deganlar: “Kim qanday eʻʻtiqodda hayot kechirgan boʻlsa, oʻsha eʻʻtiqodda oʻladi”. Yaʻʻni, agar banda hayoti davomida Islom diniga eʻʻtiqod qilib, Allohga, Uning paygʻambariga va u zotning ummatlariga muhabbat qoʻyib yashagan boʻlsa, dunyodan shu holatida ketadi.

Shu joydan beshinchi bosqich boshlanadi. Shu vaqtda oʻlim farishtasi keladi, shundagina inson oʻzining rahmatga noil kishilardanmi yoki azobga loyiq kimsalardanmi ekanligini tamoman anglab etadi. Ushbu bosqichda amallarining natijasini koʻradi, boradigan joyidan ogoh etiladi.

Paygʻambarimiz alayhissalom hadislari orqali ushbu bosqichni batafsil bayon qilib berganlar. Xususan, gunoh va maʻʻsiyatlarga gʻarq boʻlib yurgan va ayni paytda tavba qilmay, gunohlardan qaytmay Allohga yoʻliqqan bandaning holati haqida aytilgan. (Qasamyod etaman kofirlarning jonlarini badanlarining) qaʻʻridan sugʻurib oluvchi (farishta)lar bilan, (moʻminlarning jonlarini osonlik bilan) chiqarib oladigan (farishta)lar bilan” (Noziʻʻot surasi, 1-2-oyatlar).

Rasululloh alayhissalomning aytishlaricha, bir toʻda farishtalar jahannam oʻtidan tayyorlangan kafanni olib keladilar va osiy bandaning ruhini qattiq azob berib oladilar. Qurʻʻoni karimda ushbu ogʻir holat quyidagicha taʻʻriflangan: “Bas, farishtalar ularning yuzlari va ketlariga urib, jonlarini olar vaqtida, (hollari) ne kechur?!” (Muhammad surasi, 27-oyat).

Va nihoyat hal qiluvchi soʻngi bosqichga ham etib keldik. Ushbu bosqichda insonning ruhi jasadining eng yuqori nuqtasi etib keladi, yaʻʻni “taroqiy” qismidan yuqoriga koʻtarilib, ogʻzidan oʻtib burniga etib keladi va oʻlim farishtasiga oʻzini topshirishga tayyor boʻladi. Agar inson osiy banda boʻlsa, oʻlim farishtasi unga: ey iflos ruh, gʻazabnok boʻlgan parvardigorning huzuriga, otashda kuyish uchun chiq, deydi. Shunda inson dod soladi: “Ey, Rabbim! Meni (yana hayotga) qaytaringiz! Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam”, – der. Yoʻq! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchisi boʻlgan soʻzdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo oʻrtasini toʻsib turadigan) bir toʻsiq bordir” (Muʻʻminun surasi, 99-100-oyatlar).

Alloh taolo aytadi: “Mana oʻlim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (etib) keldi. (Ey, inson!) Bu (oʻlim) sen undan qochuvchi boʻlgan narsadir” (Qof surasi, 19-oyat).

“Oʻlim mastligi” bu – hamma aʻʻzolar harakatdan toʻxtagan, aʻʻzolarning biror joyi qolmay hammasiga qulf solinadiga holat. Inson aynan mana shu lahzadan umri davomida qochib yuradi. “Ayting: “Sizlar qochayotgan oʻlim, albatta, sizlarga yoʻliquvchidir! Soʻngra sizlar yashirin va oshkora narsalarni biluvchi zotga (Allohga) qaytarilursiz. Bas, (U) sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur” (Jumʻʻa surasi, 8-oyat).

Agar kishi moʻmin boʻlsa, unga: ey pokiza ruh, pokiza jasadda boʻlgan ruh, gʻazabnok boʻlmagan rabbing huzuriga, rayhon boʻylaridan rohatlanish uchun chiq, deyiladi. Shunda ruh suv idishining ogʻzidan tomayotgan tomchidek, boshqa rivoyatda, xamirdan qil sugʻurgandek, sezdirmasdan chiqadi. Bunday ruhga xitoban: “Ey, xotirjam (sokin) jon! (Ato etilgan neʻʻmatlardan) rozi boʻlgan (va Alloh tomonidan) ham rozi boʻlingan holingda, Rabbing (huzuri)ga qaytgin! Bas, (solih) bandalarim (safi)ga qoʻshilgin va jannatimga kirgin!” (Fajr surasi, 27-30-oyatlar) deyiladi.

Allohim, bizlarni imonda oʻtmoqligimizni, ushbu xitobga loyiq boʻlmogʻimizni nasib qilgin.

Homidjon domla Ishmatbekov

Manba: Muslim.uz

Mavzuga aloqador