06.04.2024 06:43

Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 5 aprelʻ kuni Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Qaror matni rasmiy gazetada eʻʻlon qilindi.

Qarorda vizasiz tartibni bekor qilish sabablari keltirilmagan.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” kontsert zalida sodir etilgan qoʻporuvchilik harakatidan soʻng Rossiya va dunyoning bir qator davlatlarida Tojikiston fuqarolariga nisbatan salbiy qarash kuchaydi. Jumladan, Rossiyada butun Markaziy Osiyo davlatlari uchun vizasiz tartibni bekor qilish haqidagi gap-soʻzlar yuqori doiralarda ham tez-tez tilga olinayotgan boʻlsa, Frantsiyada qoʻporuvchilik xavfi tufayli Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan fuqarolar ustidan kuzatuvlar kuchaytirildi. Bunda asosiy urgʻu Tojikiston fuqarolariga qaratilmoqda.

Mavzuga aloqador