Tojikistonliklar ommaviy ravishda Rossiyaga safarlarini bekor qilmoqda
“Krokus” voqealaridan soʻng Rossiyada islomofobiya va tojiklarga qarshi nafrat hodisalari ortishi ortidan tojikistonliklar ommaviy ravishda Rossiyaga safarlarini bekor qilmoqda. Rossiya aviakompaniyalari yoʻlovchilar oqimi keskin kamaygani sababli Tojikistondan RFga parvozlar sonini qisqartirmoqda.
Rossiya
aviakompaniyalari yoʻlovchilar oqimi keskin kamaygani sababli Tojikistondan
Rossiyaga parvozlar sonini qisqartirmoqda, deb xabar bermoqda “Aziya-Plyus”.
Nashrning
qayd etishicha, “Krokus Siti Xoll”dagi terakt munosabati bilan respublika
fuqarolari Rossiyaga aviachiptalarni faol ravishda qaytarishmoqda.
Somon Air
aviakompaniyasining nashrga maʻʻlum qilishicha, aviachiptalarning oʻrtacha 20 foizi
qaytarilmoqda. Qolaversa, yoʻlovchilar soni kam boʻlgani uchun davlatlar oʻrtasidagi
reyslar soni ham qisqaradi.
Misol
uchun, “Uralʻskie avialinii” aviakompaniyasi oʻz jadvali boʻyicha Rossiyaga faqat
bitta reysni qoldirdi, bungacha esa haftasiga uchta reysni amalga oshirayotgan edi.
Avvalroq Rossiya
Davlat dumasi islomofobiya va tojiklarga fobiya qoʻzgʻatishni toʻxtatishga chaqirgandi.