Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tolibondan «Termiz» xalqaro savdo markazidagi kontsertlar va musiqiy dasturlarni bekor qilish boʻyicha hech qanday soʻrov olmaganini maʻʻlum qildi. Avvalroq afgʻon matbuoti Tolibon Oʻzbekiston rasmiylariga shunday soʻrov yoʻllagani va bu talab bajarilmasa, Afgʻoniston fuqarolariga ushbu savdo maydoniga tashrif buyurishni taqiqlash bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi.

Oʻzbekiston Afgʻoniston muvaqqat hukumati vakillaridan chegara yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida kontsertlar va musiqa joʻrligidagi tadbirlarni bekor qilish toʻgʻrisida soʻrov olmagan. Bu haqda Gazeta.uz Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Avvalroq, Afgʻonistonning Atlas Press xususiy nashri manbalarga tayanib, Tolibon Oʻzbekiston rasmiylariga shunday soʻrov yoʻllagani va bu talab bajarilmasa, Afgʻoniston fuqarolariga ushbu savdo maydoniga tashrif buyurishni taqiqlash bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi.

OAV maʻʻlumotlariga koʻra, majmuaga tashrif buyuruvchilar uchun musiqiy dasturlar oʻtkazilib, oʻzbekistonlik sanʻʻatkorlar kechki kontsertlar bilan chiqish qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avgust oyi oxirida Afgʻoniston bilan chegarada «Termiz» xalqaro savdo markazi ochilgan edi. Avgʻonistonliklar mazkur savdo markaziga kirish vizasini rasmiylashtirmagan holda maxsus yoʻlak orqali kirishlari mumkin. Bu erda toʻlov sifatida AQSh dollari, evro, rublʻ va yuanni qabul qilishga ruxsat beriladi. 

Mavzuga aloqador