09.11.2024 21:35

“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, beshinchi qism)

Marhum qoʻmondon, Falastinning HAMAS ozodlik harakati etakchisi Yahyo Sinvarning “Chinnigul va tikan” asarini eʻʻlon qilishda davom etamiz. Toʻrtinchi qism. Tarjimon – Maʻʻmur Muxtor.

1-qism2-qism3-qism, 4-qism

Qoʻlidagi patnisni dasturxonga qoʻydi-da oʻzi bolalarining oldiga chiqib, kerosinli shamchiroq oldiga oʻtirdi. Abu Yusuf va Abu Hatim esa pichirlagancha suhbatlarini davom ettirdi. Abu Yusuf soʻradi:

- Yigitlarimizdan tirik qolganlari bormi?

- Ha, koʻplari tirik. Oʻzimdan tashqari Xon Yunusda Mohir bor, Rafahda Abu Saqr bor, Abu Jihad harbiy qoʻshin tarkibida. Bularning barini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Kurashni qaytadan boshlashga kelishib olganmiz.

Shu vaqt Abu Yusuf yaqinroq kelib, «Muxtorchi? Undan nima xabar bor?» - deb shivirladi. Abu Hatim:

-Uning ham tirikligini eshitdim. Shujaʻʻiyyaning sharqiy tarafi va Zaytundagi tunnellarda yashayapti, deyishgandi. Uni ham bir necha kun ichida topishga harakat qilaman. Muhimi, sektorning hamma joyida teng boshlash uchun amaliyotni tartiblashni boshlashimiz kerak. Yigitlarimiz deyarli tayyor. Faqat oramizdan kimdir tartiblashini kutishmoqda. Kelasi juma tongida hammamiz yigʻilishimiz shart. Barchasini kelishib olamiz. Solih Mahmud kelasi Juma singlisini uzatyapti. Kelinni Xolilga olib ketishadi. Ketishganidan keyin xovlisi tinch boʻladi. U bilan kelishib qoʻyganman, uyining kalitini darvozasi ostida qoldiradigan boʻlgan. Hamma yigitlar oʻsha erda jamlanishadi. Xudo xohlasa, eng yaqin vaqtda ishlarni tartiblab olamiz. Solihning uyini bilasan-ku, toʻgʻrimi? Juma oqshomida oʻsha erda koʻrishamiz. Yigitlardan kimdir kech qolib kelsa, kelishganimizdek derazani taqillatadi.

Abu Hatim Abu Yusufning gaplarini ogʻzidagi zaytun danagini shimgancha tinglardi.

***

Juma kuni yana chiroyli kiyinib, togʻam Solihning uyiga yoʻl oldik. Erta tongda etib borgan boʻlsak-da, togʻamning xovlisi toʻyga tayorgarlik qilayotgan odamlar bilan toʻla edi. Biz yoshlar oʻyin-kulgu bilan mashgʻul boʻldik. Mahmud va Hasan akalarim kursilarni tartiblab chiqishdi, soʻng chang koʻtarilmasin, deb hovli va koʻchalarga suv sepishdi. Onam boshqa ayollar bilan kelinni hozirlashar, sarpolarini sumkalarga joylashardi. Togʻam esa bir vaqtning oʻzida u erdan bu erga, minginchi ishdan ming birinchisiga yugurardi. Odam juda koʻp boʻldi. Xolamning yoshi kattaroq qoʻshnisi bilan oʻzining dugonalari toʻy navolarini yanada baland va tiniq jaranglatishardi. Biroz vaqt oʻtib, bir avtobus bilan bir necha mashinada kuyov tarafdan odamlar kelishdi. Mashinalardan odamlar tushishdi, old safda pochchamiz (kuyov bola) Abdul Fattoh kirib keldi.

Bu vaqtda sSafoviy lahjadagi mashhur toʻy qoʻshigʻi qoʻyib qoʻyilgan edi. Ichkaridan togʻam bir guruh erkaklar bilan chiqib, qarshi oldilar. Ayollar ayollarni kutib olishdi. Mehmonlarga shirinlik va ichimliklar tarqatildi. Mahmud akam eng koʻp xizmat qilganlardan boʻldi. Togʻam kuyov va qudasi bilan men tanimagan bir guruh erkaklar ila suhbat qurardi. Taxminan bir soat vaqt oʻtgach, togʻam ichkariga kirib, kelinni ketishga hozirlashlarini aytdi. Kuyov va kuyovnarkarlar esa darvoza oldida turishardi. Xolam oq libosida, boshiga oq roʻmol oʻragan holida togʻamning bilagidan tutgancha chiqib keldi. Toʻlin oy singari jamoliga jamol qoʻshilgandi. Soʻng togʻam xolamni kuyovga topshirdi. Ayollarning zagʻruda (shodiyona kunlari arab ayollari ogʻiz orqali nishonlash shukuhini ifoda etadigan uslub) ovozlari toʻy shukuhiga shukuh qoʻshardi.

Kelin-kuyovlar mashina tomon yurar, odamlar ularning ortlaridan borardi. Onam bilan togʻamning ayoli boʻlsa, togʻamning ikki yonida turishdi. Kelin-kuyovlar bezatilgan maxsus mashinaga oʻtirishlari bilan qolgan odamlar ham avtobus va mashinalarga chiqa boshladi. Onam esa Mahmud akamni chaqirib, «Sen ukalaringni olib, bobong bilan uyga qaytinglar. Uyda hamma narsani tayorlab qoʻyganman. Bobonga, ukalaringa yaxshi qaragin, xoʻpmi bolam. Karantin vaqti boshlanganda eshikni ichidan qulflab olinglar. Nima boʻlganda ham ochma eshikni», - dedi. Mahmud akam oyimga juda itoatli edi. “Hoʻp” deya boshini silkitib qoldi. Onam, togʻamning ayoli, opamlar ayollar bilan bir mashinaga chiqishdi. Togʻam qudasi bilan bir nimalarni maslahat qila turib, uyga kirib-chiqishga ruxsat soʻradi. Toʻgʻri oshxonaga kirib, bir xalta eguliklarni mehmonxonaga qoʻyib chiqar ekan, eshikni qulflayotganida oʻzini goʻyo qoʻlidan nimadir tushib ketganday tutdi va enkaygancha erdan narsasini olayotib, kalitni eshik ostonasiga yashirib qoʻydi.

Keyin mashinaga oʻtirib, joʻnab ketishdi. Mashinalar koʻrinmay qolgunga qadar toʻy kuylari eshtilib turardi. Bobom bilan shomga yaqin uyga qaytib keldik. Kun boʻyi oʻynab, elib-yugurib, eb-ichib yurganimiz uchun toza toliqibmiz, eshikni mahkam berkitib, chuqur uyquga gʻarq boʻldik.

***

Tun Gʻazoni oʻz pardalari ortiga oldi. Oʻzining zulmatga toʻla qaʻʻriga gʻarq qilgan, odam oʻz barmogʻini ham koʻra olmaydigan darajada qorongʻu edi. Baʻʻzan katta koʻchadan koʻchaga chiqish mumkin emasligini taʻʻkidlab yurgan harbiy mashinalarning oʻtib turardi. Uzoqlashganida yana jim-jitlik hukm sura boshlardi. Ahyon-ahyon katta yoʻldan harbiy mashinalarida aylanib oʻtsa, yana ovozi eshitilib qolardi.

Boboning bomdod namozini oʻqiyotgan ovozidan uygʻonib ketdim. Mahmud akam ham turib, onamning yoʻqligini bildirmaslik maqsadida qolganlarni ham uygʻotib, maktabga hozirlay boshladi. Nonushta qilib boʻlgach, beshovlon maktabga joʻnab ketishdi. Bobom ikkimiz qoldik. Bobom ham shu kuni bozorga chiqmadi. Quyosh koʻtarilganidan keyin koʻchaga chiqib, uning taftidan bahra olib oʻtirar ekanmiz, bobom menga yoshlik davrini soʻzlab berdi. Xossatan, zoe boʻlayotgan yurtimiz haqida achinib gapirardi. Biroz vaqt oʻtib, choʻntagidan tanga chiqardi-da: «Bor bolam, oʻzingga shirinlik olib kel. Faqat tezroq qayt», - menga deya uzatdi. Men xursand boʻlib Abu Xalilning dokonidan bir nechta shirinlik oldim va qaytayotganimda birini ogʻzimga solib oldim. Qaytib kelib, bobomning yoniga oʻtirayotsam, «Nima sotib olding?» - deya soʻradi. Men qoʻlimdagi shirinlikni koʻrsatib, birini bobomning ogʻziga tutgandim, bobom ovozlarini chiqarib uzoq kuldilar. Keyin: «Yoʻq, bular senga, bolam, oʻzing eyaver», - deya boshimdan silab qoʻydi.

Quyoshning iliq taftidan rohatlanib oʻtirar ekanmiz, peshin vaqti ham kirib keldi. Bobom: «Yur, oʻgʻlim, peshin oʻqish uchun masjidga boramiz», - deya bir qoʻlida hassasi, ikkinchi qoʻli bilan esa bilagimdan tutib, masjidga yoʻl oldi. Bobom tahorat olayotganida men ham u kishiga ergashib tahorat qildim. Bobom menga tabassum bilan boqib qoʻyardi. Ustoz Hamid kelib: «Bu bola hali diyonatli bola boʻladi», - deganida, bobom ham «Inshaalloh-inshaalloh, omin!» - deb javob bergandi.

***

Yozgi taʻʻtil kelib, onam meni ham maktabga berish maqsadida roʻyxatga yozdirib qoʻydi. Bir muncha muddat oʻtib, oʻqishga hozirlik koʻra boshladim. Onam men uchun yangi poyabzal olib bergandi oʻshanda. Aslida yangi ham deb boʻlmasdi, yaqinimizdagi foydalanilgan liboslar sotiladigan yoyma bozordan olganmiz. Moy bilan yaxshilab tozalangandan soʻng zavoddan endigina chiqqandek boʻlib qoldi. Umuman olganda, men uchun yangidek edi. Onam kiyishga yaroqsiz boʻlib qolgan liboslardan nimcha ham tikib berdi. Shunday qilib, maktab uchun hamma narsa hozir. Ayniqsa, aka va opalarim aytib beradigan maktabdagi tongi saf tortib turish, ustozlar haqidagi, darslar orasidagi tanaffus kabi gaplari mening maktabga boʻlgan qiziqishimni behad oshirgandi.

***

Yozgi taʻʻtil tugashidan oldin falastinlik jangchilardan biri katta koʻcha yaqinidagi xiyobonda Isroil harbiylariga pistirma qoʻyib, harbiy “Jip” mashinalari yaqin kelganida ularga granata uloqtirgan ekan. Harbiy mashina devorga borib urilgan va bir necha harbiy ogʻir yaralangan. Yaralanib, ogʻriqdan dodlayotgan ovozlari eshitilib turardi. Talvasaga tushib qolgan Isroil askarlari har tarafga moʻljalsiz oʻq otishardi. Darhol jarchi mashinalar etib keldi-da, odatdagiday hammaga uy-uylariga kirishni, tashqarida qolganlar otib oʻldirilishini aytib, tahdid qilayotgan ovoz yangray boshladi. Oʻnlab harbiylar baʻʻzi uylarga bostirib kirib, yoshu qari, erkagu ayol demay odamlarni tayoqlari bilan doʻpposlay boshlashdi. Yana odatiy vahshiylik boshlandi - 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan barcha erkaklar maktab maydoniga chiqishlari shartligini eʻʻlon qilardi.

Karnaydagi ovozlari toʻxtadi hamki kimningdir karnaysiz tashqariga chiqmaslikni aytib, jangchilar turli xiyobonlardan turib qilgan hujumlari sabab Isroil harbiylari chodirlar hududiga kira olmayotganini ayta boshladi.

Chindan ham, koʻpchilik erkaklar maktab maydoniga chiqishmadi. Isroil askarlari kirib kela olgan eridan, oʻzlariga xavf uncha yoʻq boʻlgan chekka joylardan ayrim kishilarni chiqara olgandi, xolos. Qachon chodirlar hududiga yaqinlashsalar, qarshilik jangchilar tomonidan oʻqqa tutilar, dod-voy solgancha ortga chekinishardi. Maktab maydoniga chiqqan ozchilik kishilar, yanada koʻproq kaltaklanib, xoʻrlanishgandi. Shunday qilib, yana karantin joriy qilishdi. Bir hafta tashqariga chiqmadik. Bu vaqt ichida faqat lobiya, adas, zaytun bilan kun kechirdik. Toʻgʻri, biroz xavotir aralash boʻlsa bordir, ammo bosqinlik davridan buyon oʻzimizning jangchilar qurollari himoyasi ostida gʻurur bilan isteʻʻmol qilgan eng shirin eguligimiz boʻldi.

Ikki kun oʻtib, karantinni hech kim mensimay qoʻydi. Odamlar darvozasi oldida qoʻshnilar bilan suhbat qurib oʻtiradigan, lager markazida joylashgan xiyobonchalarda xotirjam yuradigan boʻlib qolishdi. Chunki Isroil haybilarining qarshilik jangchilarning pistirmalaridan oʻtib, markazga qadar kelishga jurʻʻatlari etmasdi. Bu jangchilarning koʻpini koʻrgan boʻlsam ham, oʻzlarini taniy olmasdim. Sababi, hammalari bosh qismini shumax bilan oʻrab olgan boʻlardi. Aslida ularni uchratish uchun qidirib yurish shart boʻlmay qolgandi, bir qismi qurolini koʻtarib bu devor ortida tursa, yana birini narigi burchakda uchratish mumkin edi.

Qoʻni-qoʻshnilarni koʻchalarda choy ichib, tamaki chekib, oʻzaro hissiyotlarini, xavotirlarini oʻrtoqlashib oʻtirganlarini koʻrardim. Bosqinchilar egib, xoʻrlagan izzat-karomatlari qayta kurtak ochib, gʻurur hissini tuyib oʻtirishardi. Suhbatlaridagi ayrim xavotirlar oldindagi majhul kunlar haqida boʻlib, vaziyat shunday qoladimi endi, chodirlarga kuchliroq hujumlar uyushtirib, pushkalardan oʻqqa tutishmasmikin, kabi turli-tuman vaximali fikrlar chiqardi. Lekin birgina munosabat barcha aytilgan gaplardan gʻolib kelardi - yoʻqotadigan nimamiz bor? Mana shu xayriya jamgʻarmalar tutib bergan chodirlarmi? U holda nega qoʻrqishimiz kerak?!

Koʻpincha quyidagi fikr, turli taxminlar bilan choʻzilgan suhbatga xotima yasardi:

«Doʻstim, bosqinchining qoʻl ostida xoʻrlanib ming yil yashagandan bir daqiqa boʻlsa ham gʻurur va izzat-nafsimiz toptalmay nafas olishimiz ming chandon afzaldir».

Bunday amaliyotlar faqat biz yashayotgan lagerda emas, Gʻazo sektorining barcha lagerlari-yu, koʻplab shahar-qishloqlarida ham boʻlayotgan edi. Qarshilik jangchilari Gʻazoning turli-tuman erlariga yoyilib boʻlgandi. Ularning ayrimlari harbiy qoʻshin sifatida, koʻplari esa yakka oʻzi faoliyat olib borardi. Mahalliy aholi orasida vatanning ozod erkaklari borasidagi yangi-yangi xabarlar tarqalib turadigan boʻldi. Xossatan, bizga yaqin boʻlgan lagerlardan biri boʻlmish Jabaliyya lageridagi jangchilarimizning qahramona ishlari haqida tez-tez xabarlar kelib turardi. Abu Hatim aynan mana shu lagerda boʻlib, u erda oʻnlab yigitlarni boshqarardi. Ketma-ket toʻqnashuvlarda oʻzimizning jangchilar gʻolib kelaverganidan, odamlar bu lagerni «Qoʻzgʻolon lageri» deb nomlab olishgandi.

Yangiliklar barcha lagerlarda xuddi qurigan somonga tutashgan olov kabi tez yoyilardi. Odamlarni bundan ruhiyatlari koʻtarilib, baxtiyor boʻlishar, biz bolakaylar esa «arab-yahud» oʻynini har kuni oʻynaydigan boʻldik. Oʻyinning yangi qoidasi tuzilgandi - oʻyinda faqat «arab» jamoasi yutishi shart edi.

Uchinchi fasl tugadi

Maʻʻmur Muxtor tarjimasi, davomi bor.

Mavzuga aloqador