Yaqin Sharqda AQShning nechta harbiy bazasi mavjud?
Yaqin Sharq mintaqasida AQShning nechta harbiy bazasi va qancha miqdorda harbiylari mavjud?
Yaqin Sharq
– har doim, butun insoniyat umri davomida dunyoning eng qaynoq nuqtasi boʻlib
kelgan. Ming yillar davomida bu mintaqa turli imperiyalarning diqqat markazida
boʻlib, qoʻldan-qoʻlga oʻtgan, goʻyoki bu hududni nazorat qilganlar butun dunyoni
boshqarishi mumkindek qaralgan va shunday boʻlib kelgan. Ayniqsa, turli muqaddas
dinlarning oʻchogʻi va kaʻʻbasi (jumladan, musulmonlarning ham ilk kaʻʻbasi) boʻlmish
Quddus kimning qoʻlida boʻlsa, dunyoga hukmini oʻtkazgan.
Bugun ham
Yaqin Sharq turli derjavalar koʻz tiqqan qaynoq nuqta boʻlib turibdi. Hatto Yaqin Sharqdan
minglab kilometr uzoqlikda, dunyoning narigi tomonida joylashgan AQSh ham ushbu mintaqani
boshqarish va nazorat qilish uchun harakat qilib kelmoqda. Usmonlilar imperiyasi
qulatilganidan keyin ayniqsa bir kun ham tin olmayotgan, har kuni, har soatda
kimningdir qoni va koʻz yoshlari oqizilayotgan bu hududda AQShning oʻnlab harbiy
bazalari, minglab askarlarini borligi bejiz emas.
AQShning
xorijdagi harbiy bazalari
2022 yil
sentyabrʻ holatiga koʻra, AQShning 80 dan ziyod davlatda 171 736 nafar harbiy
xizmatchisi mavjud boʻlib, butun dunyodagi harbiy bazalarning 75-85 foizi aynan
Amerika hissasiga toʻgʻri keladi.
Ulardan
eng koʻpi Yaponiya (53 973), Germaniya (35 781) va Janubiy Koreyaga (25 372)
joylashtirilgan. Ushbu uch davlatda AQShning mos ravishda 120, 119 va 73 ta harbiy
bazasi faoliyat koʻrsatmoqda.
Kamida 80
ta davlatda AQShning 750 ga yaqin harbiy bazalari mavjud, ammo Al JAzeera bu raqam
"Barcha maʻʻlumotlar Pentagon tomonidan eʻʻlon qilinmagani sababli bundan ham
koʻproq boʻlishi mumkin", deb hisoblaydi.
Koʻpgina
AQSh harbiy bazalari Ikkinchi Jahon Urushidan keyin qurilgan boʻlib, Qoʻshma Shtatlar
asosiy raqiblari hisoblangan Germaniya va Yaponiyada oʻzining eng koʻp sonli harbiy
bazalarini joylashtirish orqali “dunyo etakchisi va tinchlik oʻrnatuvchisi mavqeini
egallagani”ni koʻrsatib qoʻydi. Sovuq urush va Koreya urushi ham AQShga global harbiy
ekspansini kengaytirish imkonini berdi.
Harbiy
bazalar AQShga qanchaga tushadi?
Xorijdagi
harbiy bazalar taʻʻminoti, bu – juda katta xarajat. 2001 yilning oktyabridan 2020
yilning sentyabrigacha AQSh soliq toʻlovchilari Afgʻoniston, Iroq, Suriya va
Pokistondagi urushlarda qatnashgan federal hukumatga 6,4 trln dollar toʻlagan. Bevosita
urushlardan tashqari, mintaqada harbiy jihatdan mavjud boʻlishning oʻzi ham arzon
turmaydi. Foreign Policy maʻʻlumotlariga koʻra, AQSh faqatgina Fors koʻrfazi
hududidagi harbiy xarajatlariga har yili 50 mlrd dollargacha yoʻnaltiradi.
Qoʻshma
Shtatlar armiyaga har bir kishi uchun 2169 dollar sarflaydi. Umuman olganda, AQSh
umumiy xarajatlarining qariyb 12 foizini harbiy sohaga sarflaydi, Xitoyda esa bu
koʻrsatkich 4,79 foizni tashkil qiladi. Jumladan, 2022 yilda AQSh oʻz harbiy
sohasiga 877 mlrd dollar sarfladi va bu Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya
Arabistoni, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Ukraina
harbiy xarajatlarini jamlagandan koʻp. Hisobotga koʻra, bu raqam Ukrainaga 19,9 mlrd
dollarlik harbiy yordamni ham oʻz ichiga oladi.
2023
yilda bu xarajatlar 858 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2024 yilgi byudjet esa
rekord darajadagi 886 mlrd dollar (+3% yoki 28 mlrd dollarga koʻproq) etib belgilandi.
Ushbu xarajatlarning katta qismi, tabiiyki, xorijdagi harbiy bazalar faoliyatini
tashkil etishga yoʻnaltirilmoqda. Jumladan, 14,7 mlrd dollar Hind-Tinch okeani
mintaqasida “Xitoyni tiyib turishga” yoʻnaltiriladi.
2023
yilgi holat qanday?
2023
yilda Yaqin Sharq va Janubiy Xitoy dengizida keskinlik kuchaygani sababli AQSh ushbu
hududlardagi harbiy ishtirokini oshirdi.
Jumladan,
7 oktyabrdan Isroilning Gʻazo sektorida keng koʻlamli genotsidni amalga oshirayotgani
fonida AQSh AQSh Isroilga katta miqdorda harbiy yordam koʻrsatmoqda
va butun Yaqin Sharqqa yanada koʻproq qoʻshin yubordi.
Isroil-Falastin
urushi mintaqaga ham yoyilishni boshlab, Iroq va Suriyada oʻnlab AQSh harbiy
bazalariga hujumlar uyushtirilganidan soʻng AQSh Yaqin Sharqdagi bazalariga qoʻshimcha
kuchlarni yuborishini bildirdi.
Xitoy va
Tayvan oʻrtasidagi Janubiy Xitoy dengizida ham yil boshidan buyon keskinlik
kuchaygan. Tayvan mudofaa vaziri Chiu Kuo Chengning soʻzlariga koʻra, Xitoy qariyb
75 yildan beri oʻzini oʻzi boshqarib kelayotgan orol ustidan suverenitetga ega deb
hisoblaydi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan saʻʻy-harakatlarini
kuchaytirishi mumkin.
AQSh esa Tayvanni
rasman tan olmasa-da, AQSh qonunchiligi Tayvanni oʻzini himoya qilish vositalari
bilan taʻʻminlashni talab qiladi.
Fevralʻ
oyida AQSh va Filippin oʻrtasida amerikalik qoʻshinlarga Filippindagi toʻrtta
qoʻshimcha harbiy lagerga kirishga ruxsat beruvchi kelishuv imzolandi; Ulardan
ikkitasi Tayvan yaqinida joylashgan boʻlib, AQShga jami toʻqqizta harbiy lagerga
kirish huquqini beradi. Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos Xitoyga AQSh
harbiylari uchun mavjud boʻlgan harbiy bazalar hech qanday «hujum» maqsadida
foydalanilmasligi, faqat Filippinga yordam berish uchun ishlatilishini aytdi.
Yaqin
Sharqdagi harbiy bazalar
2023
yilning iyunʻ holatiga koʻra, faqat Yaqin Sharqning oʻzida 30 mingdan ortiq AQSh
harbiy xizmatchilari joylashtirilgan.
Yaqin
Sharqdagi Amerika harbiy bazalari roʻyxati:
Iroqda 2500 ga yaqin amerikalik harbiy
xizmatchilar mamlakatdagi bir nechta inshootlar hamda va Iroq Kurdistonidagi boshqa
bazalarga (Al Anbar, Al Xarir, Balad aviabazalari, Erbil xalqaro aeroporti, Xabbaniya
lageri va boshqalarga) tarqalib ketgan. Ulardan Iroq va kurd kuchlari uchun oʻquv
bazalari sifatida ham foydalaniladi hamda Iroq va Suriyadagi nishonlarga qarshi
operatsiyalar oʻtkazadi.
Quvaytda 13 000 askar bor va Quvayt
aeroporti AQSh uchun eng yirik logistika markazi hisoblanadi.
Bahrayn: Shayx Iso dengiz bazasi (7000
askar). Shuningdek, AQSh Qirgʻoq mudofaasi qoʻmondonligining Janubi-Gʻarbiy Osiyo
patrul kuchlari ham ushbu mamlakatda joylashgan.
BAAda toʻrtta baza: Jabal Ali,
Al-Fujayra, Abu-Dabi, Al-Dafra havo bazasi (5000 askar).
Qatarda Yaqin Sharqdagi eng yirik Amerika
bazasi (Al Udayd aviabazasi) joylashgan boʻlib, u erda 13 000 dan ortiq askar xizmat
qilmoqda.
Saudiya
Arabistoni: Al
Amir Sulton bazasi 3500 dan ortiq askar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va
maxsus kuchlarni oʻz ichiga oladi.
Suriyada AQShning bir qancha harbiy bazalari
bor, ularning aksariyati Dayr az-Zor va Xasakada. Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, ushbu
mamlakatda AQShning 5000 dan ortiq askari bor va bu raqamlar, turli
hisob-kitoblarga koʻra, ancha yuqori boʻlishi mumkin. Bazalar asosan Suriya
shimoli-sharqidagi neftʻ konlari yaqinida joylashgan.
Jibuti: Lemonʻe bazasi (2000 askar).
Somali poytaxti Mogadisho yaqinlarida
joylashgan bir necha Amerika harbiy bazasida 2000 dan ortiq askar xizmat
qilmoqda.
Turkiyada
joylashgan bazalardan
AQSh NATO doirasida foydalanishi mumkin boʻlib, ular -Kyurechik radar stantsiyasi,
Injirlik aviabazasi va Izmir aerodromi.
Sanjar
Said tayyorladi