10.02.2024 19:20

Sudanda kamida 700 ming bola ochlikdan oʻlish xavfi ostida

Sudanda kamida 700 ming bola ochlikdan oʻlish xavfi ostida

YuNISEF Sudanda davom etayotgan qurolli mojarolar va toʻyib ovqatlanmaslik tufayli kamida 700 ming bola oʻlim xavfi ostida ekanini maʻʻlum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF) juma kuni Sudanda davom etayotgan mojarolar va jiddiy toʻyib ovqatlanmaslik tufayli bolalarning ogʻir ahvoli haqida maʻʻlumot berdi. Bu haqda YuNISEF vakili Jeyms Elder Jenevada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʻʻlum qildi.

Elder gumanitar yordam cheklangani haqida batafsil gapirib, YuNISEF xavf ostidagi bolalarning atigi 300 mingga yaqiniga yordam bera olishi, bu esa Sudandagi oʻlim xavfi ostida boʻlgan jami bolalarning yarmidan kamrogʻi ekanini bildirdi.

Elderning soʻzlariga koʻra, bu bolalar toʻqnash kelayotgan “ogʻir toʻyib ovqatlanmaslik darajasi” jiddiy muammo boʻlib, vabo, bezgak va boshqa kasalliklardan oʻlimni sezilarli darajada oshiradi. Shu boisdan Elder shoshilinch aralashuv zarurligini taʻʻkidladi.

Bir kun avval YuNISEF Sudandagi 7,5 milliondan ortiq bolaning bir yil davomidagi bevosita ehtiyojlarini qondirish uchun 840 million dollar yigʻish kampaniyasini boshladi. Elder avvalgi kampaniyalarda etarlicha mablagʻ olinmaganidan hafsalasi pir boʻlgani, “oʻtgan yili YuNISEF Sudandagi bolalarning deyarli toʻrtdan uch qismi uchun soʻragan mablagʻ olinmaganini” taʻʻkidladi.

Toʻyib ovqatlanmaslikdan tashqari, Elder oʻtgan yil davomida bolalarga nisbatan vahshiylik, jumladan, qotillik, jinsiy zoʻravonlik va askar sifatida yollash kabi holatlar “500 foizga oshganidan” xavotir bildirdi. Uning taʻʻkidlashicha, bu raqamlar, ehtimol, "aysbergning uchi" va inqirozning haqiqiy koʻlami ancha jiddiyroq boʻlishi mumkin.

2023 yil aprelʻ oyida boshlangan va hozirgacha davom etayotgan mojaro Sudan aholisining qariyb yarmini – 25 millionga yaqin kishini insonparvarlik yordami va himoyaga muhtoj qilib qoʻydi. Taxminan 1,5 million kishi qoʻshni davlatlarga qochishga majbur boʻlgan.

Chorshanba kuni BMT Sudan ichida va tashqarisida jabrlanganlarga zarur insonparvarlik yordamini koʻrsatish uchun 4,1 milliard dollar talab qildi.

Mavzuga aloqador