BMT: Sudandagi urush 7 million odamni uylarini tark etishga majbur qildi
BMTning qochqinlar boʻyicha oliy komissari Grandi X platformasida Sudanda qancha odam fuqarolar urushi tufayli oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgani haqida maʻʻlum qildi.
Sudandagi urushning hozirda 7 million kishini uylarini tark
etishga majbur qilganini taʻʻkidlagan
Grandi: "Etti
million qochqin va uylarini
tark etgan inson. Dunyo bunga befarq qolmoqda", - dedi.
Sudandagi fuqarolar urushi
Sudanda tomonlar mamlakat gʻarbi va janubi-gʻarbidagi 9 ta viloyatda, shuningdek,
poytaxt Xartumda ogʻir qurollar bilan toʻqnashuvni davom ettirmoqda.
Sudan hukumati xalqaro hamjamiyatni "terrorchi
guruh" sifatida qabul qilishga chaqirgan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari 15
aprelʻ kuni boshlangan fuqarolar urushi oldidan tizimga integratsiyalashib ulgurmagan habiy kuch
edi.
Armiya va Tezkor
qoʻllab-quvvatlash kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvda 10 mingdan ortiq tinch
aholi halok boʻldi, minglab odamlar tan jarohati oldi.
Xalqaro sulh
va muzokaralarga
urinishlar tomonlarning oʻzaro huquqbuzarliklarda ayblashlari va ilgari surilgan
shartlar boʻyicha kelisha olmaganliklari sababli hozirgacha muvaffaqiyatsizlikka uchrab kelmoqda.
Jumladan,
tomonlar 7 noyabrʻ kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tinchlik muzokaralari
doirasida uchrashdi. Saudiya
Arabistoni, AQSh va Sharqiy Afrikadagi hukumatlararo rivojlanish boshqarmasi
boshchiligidagi muzokaralarda tomonlar gumanitar yordam etkazilishini osonlashtirish
va ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrish
majburiyatini oldi.