OAV: Eronning Isroilga hujumini qaytarish 1,35 milliard dollarga tushdi
Isroil matbuoti Eronning Isroilga uyushtirgan hujumlarini qaytarish xarajatlari 1,35 milliard dollarni tashkil etganini maʻʻlum qildi.
Isroil
matbuoti Eronning uchuvchisiz uchoqlari, qanotli va ballistik raketalar bilan uyushtirgan
hujumini qaytarish xarajatlari Isroil iqtisodiyotiga 1,35 milliard dollar zarar
keltirganini xabar qildi.
“Ediot Axaronot”
gazetasida chop etilgan maqolada 14 aprelga oʻtar kechasi Isroilning mudofaa
xarajatlari 4-5 milliard shekelni (1,08-1,35 milliard dollar) tashkil etgani
taxmin qilinmoqda.
Bu raqam
faqat Eron tomonidan uchirilgan raketalarni urib tushirish uchun sarflangan mudofaa
xarajatlari ekanligiga eʻʻtibor qaratgan Aminax raketa tushgan joylardagi zarar
bu raqamga kiritilmaganini maʻʻlum qildi.
Xabarda Isroil
tomonidan ishlab chiqilgan Arrow ballistik raketalarga qarshi tizimning har bir
uchirilishi 3,5 million dollarga tushgani, Eron dronlarini urib tushirish uchun
havoga koʻtarilgan samolyotlarning ham alohida xarajati borligi qayd etildi.
Eslatib
oʻtamiz, 14 aprelga oʻtar kechasi Eron Isroilga 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlar,
qanotli va ballistik raketalar uchirdi. Ularning aksariyati Isroil havo hududidan
tashqarida – asosan Iordaniya havo kengliklarida urib tushirilgan. Faqat ayrim
ballistik raketalargina Isroil hududiga etib borgani, biror juda oz miqdorda zarar
etkazgani aytildi.