Illyustrativ foto

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi maxsus qoʻshinlari Hormuz boʻgʻozida isroillik milliarder Eyel Oferga tegishli yuk tashuvchi kemani qoʻlga oldi. Ushbu kema BAAdan Hindistonga ketayotgan boʻlgan.

Eron harbiy-dengiz kuchlari Hormuz boʻgʻozida Portugali bayrogʻi ostida suzib yurgan, biroq isroillik milliarder Eyel Oferga tegishli Zodiac Group kompaniyasining yuk tashuvchi kemasini qoʻlga oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda maxsus qoʻshin askarlarining Mi-17 vertolyotidan arqon orqali kemaga tushirilayotgani aks etgan.

Times of Israel nashri maʻʻlumotlariga koʻra, tanker Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi – Eronning ilgʻor harbiy-siyosiy tuzilmasi tomonidan qoʻlga olingan. Kema BAAdan Hindistonga ketayotgan boʻlgan.

Rasmiy Tehron hozircha kemaning qoʻlga olinishiga izoh bermadi.

Mavzuga aloqador