Isroil armiyasi Erondan 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlar, qanotli va ballistik raketalar uchirilganini maʻʻlum qildi. Ularning aksariyati Isroil havo hududidan tashqarida urib tushirilgan. Isroil zarar miqdori juda ozligini maʻʻlum qildi, eronliklar esa allaqachon gʻalabani nishonlashmoqda – qisqa maʻʻlumotlar.

Isroil armiyasi yakshanbaga oʻtar kechasi Eron hududidan Isroilga qarata 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlar, qanotli va ballistik raketalar uchirilganini maʻʻlum qildi.

Aksariyat tahdidlar Isroil havo hududidan tashqarida urib tushirilgan.

Isroil armiyasi: Eron hujumi natijasida mamlakat janubidagi harbiy bazaga ozgina zarar etdi, qurbonlar yoʻq.

Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) Isroil tomonidan “bosib olingan” hududlardagi muhim harbiy nishonlarni “muvaffaqiyatli yoʻq qilgani”ni bildirdi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Eronning Isroilga havo hujumlarini qoralab, tomonlarni zudlik bilan tajovuzkorlikni toʻxtatish va tinchlanishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Jo Bayden milliy xavfsizlik guruhi bilan uchrashuvdan soʻng Isroilni Eron tahdidlaridan himoya qilishga sodiqligini bildirdi.

The Wall Street Journal frantsuz harbiy-dengiz kuchlari Isroilni himoya qilish uchun safarbar qilingani haqida xabar berdi.

Isroil vazirlar kengashi ayni damda Eron hujumiga javob berish yoʻllarini koʻrib chiqmoqda, deya xabar bermoqda Isroil matbuoti hukumatga tayanib.

Iordaniyada uchuvchisiz uchuvchi samolyotning qulashi oqibatida uch kishi halok boʻldi - mahalliy OAV.

Eronda odamlar koʻchalarda Isroilga qarshi harbiy operatsiyani nishonlashni boshlab yubordi (video).

Isroilda erta tongda trevoga bekor qilinib, butun mamlakat boʻylab xavfsiz hududlarni tark etish mumkinligi eʻʻlon qilindi.

 

Mavzuga aloqador