16.05.2024 10:45
Liberman: HAMAS va Yahyo Sinvar tunnellardan urushni Netanyaxudan yaxshiroq boshqaradi
Isroilning sobiq mudofaa vaziri Avigdor Liberman Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu va Harbiy kengashni keskin tanqid qildi. Netanyaxu Isroilni yoʻqotishlarga olib borayotganini, HAMAS va uning rahbari Yahyo Sinvar urushni Netanyaxudan koʻra tunnellarda turib yaxshiroq boshqarayotganini aytdi.
Israel Today nashrida eʻʻlon qilingan bayonotda Liberman hukumatning operatsiyalarni boshqarish boʻyicha hech qanday tasavvuri yoki rejasi yoʻqligini aytib oʻtgan. Shu bilan birga, Netanyaxuning sarosimasi tufayli Isroil xalqaro yordamni yoʻqotganini qoʻshimcha qilgan.
Liberman vazirlar Benni Gants va Gadi Eyzenkotni harbiy kengashni tark etishga chaqirdi, chunki ularda ham hech qanday taʻʻsir sezilmagan.
Sobiq vazir, shuningdek, 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizlik (HAMAS Al-Aqsa toʻfoni amaliyoti nazarda tutilgan) uchun javobgar boʻlganlarning barchasi, jumladan, bosh vazir, mudofaa vaziri va shtab boshligʻi mamlakatni tark etishi kerakligini tasdiqladi.
Shuningdek, u armiya askarlarini xavf-xatarga duchor qilmaslik, Eron hududidagi istalgan nishonni 8 daqiqada urib tushirishga qodir raketa tizimini yaratish zarurligini taʻʻkidladi.