AQShning Gʻazo sektoriga muddati oʻtgan va tarkibida choʻchqa goʻshti boʻlgan armiya payogi tashladi
AQShning Gʻazo sektoriga muddati oʻtgan va tarkibida choʻchqa goʻshti boʻlgan armiya payogi tashladi
Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh Gʻazo sektoriga tashlagan gumanitar yordamda muddati oʻtgan va tarkibida choʻchqa goʻshti boʻlgan armiya payogi aks etgan video paydo boʻldi.
Avvalroq Qoʻshma
Shtatlar Gʻazo sektorining shimoliy qismiga “41,4 mingdan ortiq oziq-ovqat va 23
ming shisha suv”dan iborat navbatdagi gumanitar yordam partiyasini etkazish boʻyicha
operatsiya oʻtkazilgani maʻʻlum qilingan edi.
“AQSh Markaziy qoʻmondonligi 9 mart kuni... davom etayotgan mojarodan jabr
koʻrgan tinch aholiga muhim yordam koʻrsatish uchun Gʻazo shimoliga gumanitar yordam
joʻnatdi”, deyiladi AQSh
Markaziy qoʻmondonligi xabarida.
Eslatib
oʻtamiz, 9 mart kuni Gʻazoda samolyotdan tashlangan gumanitar yordam paketlari
parashyutlari ochilmagani sababli toʻgʻridan-toʻgʻri oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar
ustiga tushgan, oqibatda eng kamida 5 kishi halok boʻlgan edi.