27.02.2024 12:50

Iordaniya havo kuchlari parashyutlarda Gʻazodagi kasalxonaga yordam tashladi

Iordaniya harbiy-havo kuchlari samolyotlari parashyutlarda Gʻazo sektoridagi kasalxonalar uchun gumanitar yordam yuklarini tashladi. Yordam gumanitar yuk va oziq-ovqat yordami, jumladan, oziqaviy qiymati yuqori boʻlgan tayyor taomlarni oʻz ichiga olgan.

Iordaniya harbiy-havo kuchlari samolyotlari parashyutlarda Gʻazo sektoriga gumanitar yordam yuklarini tashladi, deya xabar bermoqda Anadolu Iordaniya armiyasishga tayanib.

Bayonotda aytilishicha, insonparvarlik yordami toʻrtta S130 transport samolyoti orqali tashlangan boʻlib, ulardan biri Frantsiya HHKga qarashli.

Qayd etilishicha, yordam gumanitar yuklar va oziq-ovqat yordami, jumladan, oziqaviy qiymati yuqori boʻlgan tayyor taomlarni oʻz ichiga olgan.

Qayd etilishicha, yordam Qirol Abdulla II koʻrsatmasi bilan Gʻazo aholisining Isroil hujumlari ostidagi azoblarini engillashtirish uchun etkazildi.

Bayonotda taʻʻkidlanishicha, havo orqali etkazilgan yordamning asosiy maqsadi “uni toʻgʻridan-toʻgʻri Gʻazon aholisiga etkazish va shimoldan janubga sohil boʻylab Gʻazo sektoriga tushirish”dan iborat boʻlgan.

Isroil 143 kun davomida Gʻazo sektoriga hujum qilib, gumanitar falokat keltirib chiqardi va bu vaziyat Gʻazo sektorida ocharchilikka olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi, deyiladi xabarda.

Shu vaqtga qadar Iordaniya Gʻazoga 13 marta havo yordami joʻnatdi.

Mavzuga aloqador