17.01.2025 11:52

Afrikalik musulmonning oʻldirishi arablarning oʻldirilishi kabi ummatga taʻʻsir etmaydi - Kaballo

"Afrika oqimi" axborot agentligi bosh direktori Ahmad Kaballo Sudanda davom etayotgan qonli mojaroni keskin tanqid qildi va uning yoritilishi boʻyicha xalqaro axborot vositalaridagi eʻʻtiborsizlikni Gʻazo voqealari bilan solishtirib baho berdi.

Kaballoning soʻzlariga koʻra, Afrikada musulmonlarning ommaviy qirilishi ummatning jamoaviy his-tuygʻulariga Gʻazo yoki Sharqiy Quddusdagi holatlardek taʻʻsir qilmayapti. U bu xolissizlikni musulmon ummatining insonparvarlik va birdamlik printsiplariga xilof harakat sifatida baholadi.

Sudan armiyasi va tezkor qoʻshinlar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar oxirgi haftalarda yanada kuchaydi. Kaballo Sudan xalqi oʻtkir gumanitar inqiroz ichida qolib, "ikki yomonlikdan eng kichigini tanlashga majbur boʻlganini" taʻʻkidladi.

Sudandagi mojaro inson huquqlarining buzilishi, tinch aholining qurbon boʻlishi va mintaqaviy barqarorlik uchun jiddiy xavf tugʻdirmoqda. Bu holatga jahon hamjamiyatining sust munosabati inson huquqlarini himoya qilish va adolatni taʻʻminlash yoʻlidagi asosiy muammolardan biri boʻlib qolmoqda.