Gʻazoda havodan tashlangan gumanitar yordam falastinliklar oʻlimiga sabab boʻldi
Gʻazoda samolyotdan tashlangan gumanitar yordam paketlari parashyutlari ochilmagani sababli bir oziq-ovqat kutayotgan bir qancha falastinlik halok boʻldi. Qurbonlar soniga aniqlik kiritilgani yoʻq.
Gʻazo
sektoriga samolyotlardan tushgan insonparvarlik yordami oqibatida bir necha kishi halok
boʻldi va yaralandi.
Qurbonlarning
aniq soniga aniqlik kiritilmoqda. Fojia parashyutlar ochilmagani va qutilar
toʻgʻridan-toʻgʻri erda ovqat kutayotgan bechoralarning ustiga tushgani sababli sodir
boʻldi, deya xabar bermoqda Anadolu voqea guvohlariga tayanib.
Qulash
Shati qochqinlar lagerida va ishgʻol ostidagi eksklav shimolidagi Jala koʻchasida
sodir boʻldi. Qutilar shunchalik tez uchib tushganki, ularni kutayotgan odamlar
xavfsiz masofaga qochib oʻtishga ulgurishmagan.
Yaradorlar
Gʻazodagi Shifa va Al-Ahli kasalxonalariga yotqizilgan.