AQSh Uy-joy va shaharsozlik vazirligi mamlakatda uysizlar soni rekord darajaga etganini maʻʻlum qildi.

Bayonotda 2023 yil yanvarʻ oyida 650 mingdan ortiq odamning uysiz qolgani va bu maʻʻlumotlar qayd etib borilayotgan 2007 yildan buyon eng yuqori koʻrsatkich ekani taʻʻkidlandi.

Bayonotda, shuningdek, asosan ilk bor boshpanasiz qolganlar hisobiga uysizlar sonining 12 foizga ortishiga mamlakat miqyosida ijara narxlarining katta tezlikda ortayotgani hamda pandemiya vaqtida tushumlarning kamayishi ham taʻʻsir koʻrsatgani aytildi.

Uy-joy ijarasi narxini toʻlash oʻta ogʻir ekani, mamlakatdagi uysizlarning taxminan 28 foizi bolali oiladan ekani va bu raqam 2022 yildan 2023 yilgacha 25 mingdan ortiq kishiga oshgani qayd etildi.

Uy-joy va shaharsozlik vaziri Marsiya Faj uysizlik muammosini hal qilishda muvaffaqiyatga erishilgani, ammo hali qilinadigan ishlar koʻpligini aytdi.

Mavzuga aloqador