AQSh Kongressi Vakillar Palatasi 2024 yil uchun Milliy mudofaaga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qonun (NDAA) loyihasini 310 ta “ha”ga qarshi 118 ta «yoʻq» ovoz bilan tasdiqladi. Ovoz berishda 73 respublikachi va 45 demokrat mudofaa byudjetini qoʻllab-quvvatlamadi.

Oq uyga yuborilgan 2024 yilgi mudofaa byudjeti Bayden tomonidan imzolanishi va qisqa vaqt ichida kuchga kirishi kutilmoqda.

2024-moliya yili uchun byudjet 2023 yilgiga qaraganda qariyb 28 milliard dollarga ortib, 886 milliard dollarni tashkil etdi.

Yangi mudofaa byudjetida harbiy xizmatchilar maoshi oxirgi 20 yildagi eng yuqori ortishi belgilangan boʻlib, Bayden tomonidan bu vaziyatdan saylov jarayonida oʻz manfaati uchun foydalanishi kutilmoqda.

Shuningdek, shubhali xorijliklarni AQShdan tashqarida “sud qarorisiz” kuzatishga qaratilgan faoliyatni kengaytirish haqidagi modda Kongress aʻʻzolari oʻrtasida bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Shunday boʻlsa-da, qonun loyihasiga ushbu modda kiritilgan.

Senatorlar va Vakillar palatasi aʻʻzolari qonun loyihasining yakuniy matni boʻyicha olib borilgan muzokaralar chogʻida byudjet loyihasidagi "Pentagonning abortga oid siyosati" va "harbiylar ichida gomoseksualizm bilan bogʻliq qoidalar" kabi sarlavhalarga eʻʻtiroz bildirgan, lekin tegishli moddalar qonun loyihasiga kiritilgan.

Muhokama byudjetida samolyot va kema dasturlari hamda Pentagon siyosati uchun oʻnlab milliard dollar ajratilgan.

Bundan tashqari, Hindiston-Tinch okeani mintaqasidagi tadbirlar uchun 14,7 milliard dollar, Ukrainaga yordam uchun 800 million dollar ajratilishi koʻzda tutilgan.

Mavzuga aloqador