Valeriy Zalujniy

 

Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq rahbari, hozirda Ukrainaning Londondagi elchisi Valeriy Zalujniy jangovar harakatlarni tugatish uchun hududlarning bir qismi Rossiyaga berilishi mumkinligi haqida gapirdi. Mazkur bayonot Ukraina rahbariyatidagi tub oʻzgarishlarni koʻrsatishi mumkin.

Britaniyaning The Daily Telegraph nashriga bergan intervʻyusida Zalujniy Kiev uchun hozirgi bosqichda xavfsizlik masalalari hududiy bahslardan muhimroq ekanini aytdi.

U sabzavot bogʻini misol qilib keltirar ekan, shunday dedi: “Agar qoʻshnim bogʻimning bir qismini oʻzlashtirib olgan boʻlsa, biz bu masalani hal qilishimiz kerak. Hozir boʻlmasa, farzandlarimiz buni qiladilar”.

Zalujniyning ushbu soʻzlari qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Zero, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy barcha yoʻqotilgan hududlarni qaytarish tinchlikka erishishning ajralmas sharti ekanini taʻʻkidlagan edi. Bu oʻtgan hafta taqdim etilgan "gʻalaba rejasi"da ham yozilgan.

Britaniya nashrining taʻʻkidlashicha, Zalujniyning bayonoti Ukraina rahbariyatidagi tub oʻzgarishlarni koʻrsatishi mumkin, chunki ilgari hududlarni imtiyozlar mavzusi taqiqlangan edi. Gazeta jurnalistlari suhbatlashgan Ukraina harbiy manbalari ham mojaroning tezroq tugatilishi tarafdori ekanini bildirib, katta yoʻqotishlar va tez gʻalaba qozonib boʻlmasligini qayd etishgan.

Ayni paytda, Gʻarb urushning uzayishi Rossiyaning 2025-2026 yillardagi pozitsiyasini zaiflashtirishi mumkin, deb hisoblaydi, ammo ukrainaliklar uchun tinchlik hozir muhimroq.

2024 yilning fevraligacha Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni lavozimida ishlagan Zalujniy prezident Zelenskiy bilan kelishmovchilikdan soʻng ishdan boʻshatilgandi. Keyinchalik u Londonga elchi etib tayinlandi. Hozirda Ukraina Qurolli Kuchlari qoʻmondonligiga Aleksandr Sirskiy boshchilik qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyunʻ oyida tinchlik oʻrnatish uchun oʻz shartlarini qoʻygandi: barcha Ukraina qoʻshinlarini Moskva daʻʻvo qilgan toʻrtta hududdan - Donetsk, Lugansk, Zaporojʻe va Xersondan olib chiqib ketishi kerak. Bundan tashqari, u Kievdan NATOga aʻʻzo boʻlmaslik hamda neytral maqomini saqlab qolishni talab qildi.

Zelenskiy bu talablarni ulʻtimatum deb atadi va uning Oliy Radada taqdim etilgan “gʻalaba rejasi” jangovar harakatlarni davom ettirish hamda Ukrainaning NATOga kirishini oʻz ichiga oladi.

Mavzuga aloqador