Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Grodovka qishlogʻi nazoratga olinganini maʻʻlum qildi. New York Times tahlilida Ukraina qoʻshinlari Rossiya armiyasini ogʻir janglarda imkon qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinayotgani taʻʻkidlanadi.

"Markaziy qoʻshinlar guruhi boʻlinmalarining qatʻʻiy harakatlari natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Grodovka aholi punkti ozod qilindi", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligining "maxsus harbiy operatsiya" ning borishi haqidagi hisobotida.

Oʻtgan haftada Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi nazoratida boʻlgan Ugledar shahri, soʻngra Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Jelanne ikkinchi aholi punkti nazoratga olingani haqida xabar bergan edi.

Ukraina qoʻshinlari Rossiya armiyasini ogʻir janglarda imkon qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinmoqda, biroq bu taktika muvaffaqiyatli boʻladimi yo yoʻq — hozircha nomaʻʻlum, deb yozdi New York Times Kievning harbiy strategiyasi tahlilida.

Mavzuga aloqador