Keniyada yosh muslima ayol madaniyat, sanʻʻat va meros vaziri lavozimini egalladi. Ummi Bashir qurolli toʻqnashuvlar va tinchlik boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlib, hozirda xalqaro munosabatlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yozmoqda. Milliy va xalqaro darajadagi muvaffaqiyatlariga uning koʻp bolali ona ekani xalal berayotgani yoʻq.

Ummi Bashir Keniya Madaniyat, sanʻʻat va meros vazirligining yangi rahbari. Uning yuqori lavozimga tayinlanishi mahalliy musulmonlar jamoasi uchun muhim voqea boʻldi

Bashir prezident Uilyam Ruto hukumatida vazir lavozimini egallagan yagona musulmon ayoldir. Bashir huquqshunos boʻlib, 2012 yilda advokatlikka qabul qilingan. Ummi Bashir qurolli toʻqnashuvlar va tinchlik boʻyicha magistr darajasiga ega va hozirda xalqaro munosabatlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yozmoqda, deya xabar qildi IslamNews nashri Eastleigh Voicega tayanib.

Qizigʻi shundaki, Bashir koʻp farzandli ona boʻlib, oilaviy hayotni yuqori davlat lavozimlari talablari bilan muvaffaqiyatli uygʻunlashtirgan. Uning oʻzi toʻqqiz farzandli oilada oʻsgan. Musulmon huquqshunos oʻz faoliyati davomida BMTning bir qancha agentliklarida ishlagan, jumladan, qochqinlar masalalari bilan shugʻullangan.

2022 yilgi aholini roʻyxatga olish maʻʻlumotlariga koʻra, keniyaliklarning 18,6 foizi katoliklar, 36,6 foizi - protestantlar, 24,5 foizi - evangelistlar, 8,7 foizi – aborigenlar eʻʻtiqodi, 7,1 foizi – islom diniga amal qilishadi, 1,1 foizi esa ateistlardir (dinsiz).

Mavzuga aloqador