Keniya mustaqilligining 60 yilligi munosabati bilan barcha mamlakatlarga vizani bekor qildi
Sharqiy Afrikada joylashgan Keniya prezidenti Uilʻyam Ruto Angliyadan mustaqillikka erishganining 60 yilligi munosabati bilan mamlakatga kirish uchun vizalar bekor qilinganini bildirdi.
Mamlakatning Angliyadan mustaqilligining 60 yilligi
munosabati bilan poytaxt Nayrobidagi Uhuru bogʻlari memorial majmuasida oʻtkazilgan tantanali marosimda Ruto 2024 yildan boshlab mamlakatga
kirish uchun viza talabi bekor qilinishini bildirdi.
"2024 yilning yanvarʻ oyidan boshlab Keniya vizasiz davlat
boʻladi. Bundan buyon dunyoning hech bir burchagidan hech kim Keniyaga kelish uchun
vizaga murojaat qilmaydi",
- dedi.
Maʻʻlumot
uchun, 4 sentyabrʻ kuni Nayrobida boʻlib oʻtgan Afrika iqlim sammitida Ruto Keniyaga
kirish vizasi liberallashtirilishi haqida ilk bor eʻʻlon qilgan edi.
Keniya
1963 yil 12 dekabrʻ kuni
Angliyadan mustaqil boʻlgan.