Oʻzbekiston TIV: “Termiz” savdo markazida kontsertlarni bekor qilish boʻyicha soʻrov olinmagan
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tolibondan «Termiz» xalqaro savdo markazidagi kontsertlar va musiqiy dasturlarni bekor qilish boʻyicha hech qanday soʻrov olmaganini maʻʻlum qildi. Avvalroq afgʻon matbuoti Tolibon Oʻzbekiston rasmiylariga shunday soʻrov yoʻllagani va bu talab bajarilmasa, Afgʻoniston fuqarolariga ushbu savdo maydoniga tashrif buyurishni taqiqlash bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi.
Oʻzbekiston Afgʻoniston muvaqqat hukumati vakillaridan chegara
yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida kontsertlar va musiqa joʻrligidagi
tadbirlarni bekor qilish toʻgʻrisida soʻrov olmagan. Bu haqda Gazeta.uz Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Avvalroq, Afgʻonistonning Atlas Press xususiy nashri
manbalarga tayanib, Tolibon Oʻzbekiston rasmiylariga shunday soʻrov yoʻllagani va bu
talab bajarilmasa, Afgʻoniston fuqarolariga ushbu savdo maydoniga tashrif buyurishni
taqiqlash bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi.
OAV maʻʻlumotlariga koʻra, majmuaga tashrif buyuruvchilar uchun
musiqiy dasturlar oʻtkazilib, oʻzbekistonlik sanʻʻatkorlar kechki kontsertlar bilan
chiqish qilgan.
Eslatib
oʻtamiz, avgust oyi oxirida Afgʻoniston bilan chegarada «Termiz» xalqaro
savdo markazi ochilgan edi.
Avgʻonistonliklar mazkur
savdo markaziga kirish vizasini rasmiylashtirmagan holda maxsus yoʻlak orqali
kirishlari mumkin. Bu erda toʻlov sifatida AQSh dollari, evro, rublʻ va yuanni
qabul qilishga ruxsat beriladi.