Foto: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Bugun, 15 oktyabrʻ kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman boshlandi. Tadbir Qurʻʻoni karim tilovati bilan boshlandi.

Dastavval prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrigini oʻqib eshittirdi.

Unda anjuman doirasidagi muqaddas Islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berishga qaratilgan ilmiy maʻʻruzalar, tashabbuslar, muhokamalar dunyoda tinchlik-xotirjamlikka hissa boʻlib qoʻshilishiga umid bildirildi.

Anjumanda Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSh, Frantsiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.

Xususan, zamonamizning mujtahid olimlaridan biri, Dorul ulum Karachi Islom universiteti professori, muftiy, shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlari, Misr bosh muftiysi, shayx Nazir Muhammad Ayyod hazratlari, Dorululum Devband madrasasi mudiri, Hind ulamolari jamiyati raisi mavlono Arshad Madaniy hazratlari tashrif buyurishgan.

Anjumanda Islom olamida roʻy berayotgan voqea-hodisalar, jumladan, Gʻazo va Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat yuzasidan ham fikr-mulohazalar tilga olindi. Anjuman davom etmoqda.

Maʻʻlumot oʻrnida mazkur anjuman Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 19 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Oʻzbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferentsiya oʻtkazish tashabbusi doirasida tashkil etildi.

Mavzuga aloqador