22.01.2024 15:33

Toshkent havosini ifloslantirayotgan 160 ta korxonaga ogohlantirish berildi

Toshkentning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlarida atrof-muhitga taʻʻsir koʻrsatuvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ekologik monitoring oʻtkazildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ushbu tadbirlar atmosfera havosining ifloslanish darajasi ortib borayotgani tufayli oʻtkazilganini maʻʻlumqildi.

Monitoring davomida Chilonzor tumanida joylashgan atrof-muhitga taʻʻsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub 70 ta korxonaga, jumladan, beton, un mahsulotlari, keramika va kafelʻ, mato-gazlama va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarga chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari berildi.  Sergeli tumanida 68 ta, Yangihayot tumanida esa 22 atrof-muhitga taʻʻsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub 68 ta korxona chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatish toʻgʻrisida ogohlantirilgan.

Shuningdek, 2024 yil 12 yanvarʻ holatiga Toshkentda joylashgan 42 ta korxona tomonidan chora-tadbirlar rejasi taqdim etilgan. Shundan atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha 75 ta tadbir belgilangan.Shveytsariyaning IQAir kompaniyasi Oʻzbekiston poytaxtidagi 9 ta (3 tasi hukumat, 2 ta nodavlat, 2 ta yuridik va 2 ta jismoniy shaxslarga tegishli) stantsiya maʻʻlumotlariga tayanib, 22 yanvarʻ holatida Toshkent atmosferasidagi RM2,5 kontsentratsiyasi (oʻlchami 0,001 dan 2,5 mikrometrgacha boʻlgan mayda zarrachalar) 125 ga (bir metr kubda 45,3 mikrogramm) teng ekanini koʻrsatdi. JSST tavsiyasi esa yillik 5 mkg/m3, kunlik esa 15 mkg/m3 ni tashkil etadi. Shunga koʻra, Toshkent havosi ayni paytda 9 baravar ifloslangan. Shaharning ayrim qismlari, masalan, xalqaro aeroport yaqinida bu koʻrsatkich 172 ni (97 mkg/m3) tashkil etmoqda.

Xuddi shu vaqtda RM2,5 kontsentratsiyasi Istanbulda (Turkiya) 21, Pekinda (Xitoy) 33, Seulda (Janubiy Koreya) 67, Moskvada (Rossiya) 41, Parijda (Frantsiya) 42 ni tashkil etmoqda.

Mavzuga aloqador