false
9 sentyabrʻ kuni Turkiyaning Trabzon shahrida Oʻzbekiston fahriy konsulxonasi ochildi, deya xabar qildi Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.
Ochilish marosimida Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher
Aʻʻzamxoʻjaev ishtirok etdi.
“Yangi faxriy konsulxonamiz tegishli hududdagi
fuqarolarimizning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga
koʻmaklashish barobarida Tarbzon va mamlakatimiz viloyatlari oʻrtasidagi
savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi”,
deyiladi Oʻzbekistonning Turkiyadagi
elchixonasi xabarida.
Fahriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (valilik) binosi
qarshisidagi tarixiy binoda faoliyatini boshladi.
Mazkur faxriy konsulxona Bursa, Adana, Antaliyadan keyin va
navbatdagi toʻrtinchisi boʻldi.
Fahriy konsullik – bu davlatlar oʻrtasidagi savdo, madaniy va
diplomatik aloqalarni rivojlantirish maqsadida ochiladigan vakolatxona.