Atashehirda maktab darslari juma namozi vaqtiga qarab tashkil etishga koʻrsatma berildi
Istanbulning Atashehir tumani Milliy taʻʻlim mudirligi maktablarga dars soatlarini juma namoziga koʻra tashkil etishni soʻrab koʻrsatma yubordi. Shuningdek, maktablarda juma namozini oʻqish uchun sharoit yaratish boʻyicha ham topshiriq berilgan.
Turk matbuoti xabarlarida keltirilishicha, Atashehir
tumani Milliy taʻʻlim direktori Ismoil Yildirim tomonidan imzolangan mazkur
xatning tumandagi barcha xususiy va davlat maktablariga 31 oktyabrʻ kuni yuborilgani
maʻʻlum boʻldi. Unda quyidagi koʻrsatmalar keltirilgan:
- Juma
kunlari tushlik tanaffuslari juma namozi vaqtiga qarab tashkil qilinadi.
- Oʻquv
rejalari juma namozi vaqtlariga zid boʻlmaydigan tarzda tuziladi.
- Taʻʻlim-tarbiya
faoliyatida hech qanday toʻsiqlarga olib kelmasdan, zarur ehtiyot choralari
koʻriladi, juma namoziga qatnashmoqchi boʻlgan maʻʻmuriyat, oʻqituvchilar va boshqa
xodimlarga zarur qulayliklar yaratiladi.
- Juma
namozi, ayniqsa, umumtaʻʻlim maktablari masjidlarida oʻqishga boʻlgan ehtiyojni
qondirish uchun shart-sharoit yaratib berish, kerak boʻlsa, tuman muftiyligi yoki
imom-hatib litseylari bilan hamkorlik qilish kerak.
- Maktabda juma namozi oʻqish uchun sharoit yaratib boʻlmasa, juma namoziga bormoqchi
boʻlgan oʻquvchilarga ota-onasidan ruxsatnoma olib, juma namoziga borishga ruxsat
berish kerak.
Maʻʻlumot uchun Turkiya Milliy taʻʻlim vazirligi, Din ishlari vazirligi hamda Yoshlik va sport vazirligi hamkorlikda “Atrof-muhitga eʻʻtiborliman, qadriyatlarimga ega chiqaman (ÇEDES)” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida imom, voiz, diniy xizmatlar boʻyicha mutaxassislar bolalarga qadriyatlar asosida saboq berib kelmoqda.