Sudan rahbariga suiqasd uyushtirildi
Sudan armiyasi mamlakat rahbari general Abdulfattoh al-Burhon harbiy qismga ikkita uchuvchisiz uchoq hujumi amalga oshirilgani natijasida engil jarohat olganini maʻʻlum qildi. Hodisada kamida besh kishi halok boʻlgan, bir qancha harbiylar jarohatlangan. Armiya Tezkor koʻmak kuchlarini ayblamoqda. Mamlakatda davom etayotgan 15 oylik fuqarolik urushida 18 mingdan ziyod kishi halok boʻldi.
Sudan
armiyasi 31 iyulʻ kuni mamlakat sharqidagi harbiy bazaga mamlakat rahbari general
Abdulfattoh al-Burxon tashrifi chogʻida ikki uchuvchisiz uchoq hujumi amalga
oshirilganini xabar qildi. Hujum natijasida mamlakat etakchisi engil jarohatlar
olgan. Kamida besh kishi halok boʻldi, yana bir necha kishi yaralandi.
Sudan armiyasi matbuot kotibi Nabil Abdulloh general
al-Burhon suiqasddan omon qolganini aytib, 15 oydan beri armiya bilan hokimiyat uchun kurashib
kelayotgan Tezkor
yordam kuchlarini (SDF) aybladi.
Hech bir guruh zarbalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga
olmadi. SDF ham hujumga
aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
General al-Burxon va uning raqibi, SDF rahbari general-leytenant
Muhammad Hamdan oʻrtasidagi urush Afrikaning eng yirik davlatlaridan biri Sudanni
vayron qildi. BMT
hisob-kitoblariga koʻra, 15 oydan beri davom etgan mojarolar natijasida 18
mingdan ortiq odam halok boʻlgan va kamida 10 million kishi oʻz uylarini tashlab
ketishga majbur boʻlgan. Mamlakatning 48 million aholisining yarmidan koʻpi har
kuni ochlik bilan kurashmoqda, deyiladi BMT
hisobotida.
Yuqoridagi
suiqasd al-Burhonni
dronlar yordamida oʻldirishga
ilk urinish emas. Armiya ham, harbiylashtirilgan guruh ham bir-birining harbiy
idoralariga hujum qilish uchun dronlardan faol foydalanmoqda. Poytaxt Xartum va
gʻarbiy Darfur mintaqasi atrofida mustahkam oʻrnashib olgan SDF soʻnggi haftalarda
sharqda armiya nazoratidagi hududlarga hujumlarini kuchaytirdi.
Reuters agentligining
aniqlik kiritishicha, bazaga dron zarbalari AQSh tomonidan Shveyttsariyada tashkil etilgan urushni tugatish
boʻyicha vositachilik muzokaralari boshlanishidan ikki hafta oldin sodir boʻlgan.
Davlat kotibi Antoni Blinkenning aytishicha, Saudiya Arabistoni Afrika Ittifoqi,
Misr, BAA va BMT kuzatuvchi sifatida qatnashadigan muzokaralarga hamkorlikda
mezbonlik qiladi.
Harbiylashtirilgan tuzilma etakchi general Hamdan uning guruhi muzokaralarda ishtirok
etishini aytdi. Seshanba kuni Sudanning harbiylarga aloqador Tashqi ishlar
vazirligi ham 14 avgust kuni Jenevada boʻlib oʻtadigan muzokaralarga qoʻshilishga
tayyorligini bildirdi. Vazirlik
harbiylashgan kuchlardan hujumlarini toʻxtatish va gumanitar yoʻlaklarni
ochishni ham talab
qildi.