Sudandagi fuqarolar urushi "unutilgan inqiroz"ga aylandi - Bloomberg
Butun dunyoning nigohi Gʻazo va Ukrainaga qarab turgan bir vaqtda, bir yildan buyon fuqarolik urushidan aziyat chekayotgan 50 million aholiga ega Sudanda 15 ming tinch aholi qurbon boʻldi, 25 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda va 11 million kishi oʻz uylarini tark etdi. Biroq xorijiy homiylar Xartumga Kievga qaraganda 1000 baravar kamroq yordam ajratmoqda.
Sudan
xavfsizlik kuchlari 2024 yil 3 aprelʻ kuni Sudan sharqidagi Gedaref shahridagi
savdo maydonida armiya va harbiylashgan kuchlar oʻrtasida davom etayotgan toʻqnashuvda
patrullik qilmoqda.
Sudandagi
fuqarolar urushi boshlanganidan bir yil oʻtib, shafqatsiz mojaro Shimoliy Afrika
davlatining ijtimoiy tuzilishini parchalab tashladi va dunyodagi eng katta qochqinlar
inqiroziga sabab boʻldi, shuningdek, yirik ocharchilik inqirozi xavfini yuzaga
keltirdi. Shunga qaramay, ushbu muammo Gʻazo
va Ukrainadagi mojarolar manzarasida
global suhbatlarda qariyb unutilmoqda.
Xalqaro donorlar Kievga Xartumga qaraganda qariyb 1000 barobar koʻproq yordam
koʻrsatdi; xorijiy
qonun chiqaruvchi organlar
muntazam ravishda Isroilni qoʻllab-quvvatlash va begunoh falastinliklarning azob-uqubatlarini muhokama qilyapti.
Darfurdagi genotsidga hissa qoʻshgan shafqatsiz isyonchi jangarilar va sobiq tuzum unsurlari bilan aloqasi
boʻlgan korruptsion harbiylar orasida
sarson boʻlayotgan 50 million Sudan fuqarosi haqida juda kam odamlar gapirmoqda.
Urush oʻtgan yilning 15 aprelida Tezkor harakat kuchlari jangarilari va Sudan
armiyasining oʻzaro
toʻqnashuvidan boshlangan edi. Oʻshandan buyon ular oʻrtasida maʻʻdanlarga boy mamlakatni
nazorat qilish uchun shafqatsiz urush olib borishmoqda. Bu toʻqnashuvlar natijasida 15 mingga yaqin odam halok boʻldi, mamlakat
poytaxti vayronaga aylandi va tinimsiz urush jinoyatlari sodir etilyapti.
Sudan
aholisining yarmi oziq-ovqat yordamiga muhtoj, 11 million odam oʻz uyini tashlab
ketgan, mintaqani beqarorlashtirgan mojaroga esa xorijiy kuchlar, jumladan
Birlashgan Arab Amirliklari va Eron ham qoʻshilgan boʻlib, bularning barchasi keng
qamrovli ocharchilik ehtimolini kuchaytirmoqda. "Urush boshlanganida, hamma bu
uzoq davom etmaydi deb oʻylagandi, - deydi Britaniyada istiqomat qiluvchi
huquqshunos va demokratiya tarafdori boʻlgan Sudan Kasaba uyushmasi aʻʻzosi Mohaned
al-Nur. – Afsuski, hozir urush hech qachon tugamaydigandek hissiyot paydo boʻlmoqda".
Boshqa
yirik toʻqnashuvlar bilan solishtirilganda, Sudanga munosabatdagi farq yordam
sohasida ayniqsa yorqin koʻrinadi. Kil jahon iqtisodiyoti instituti maʻʻlumotlariga
koʻra, xalqaro donorlar, asosan Gʻarb, urush boshlanganidan beri Ukrainaga harbiy
yordamni hisobga olmaganda 132 milliard dollar bergan. Buni donorlar tomonidan
oʻtgan yilning iyunʻ oyida Sudanga vaʻʻda qilingan jami 1,5 milliard dollarlik
gumanitar yordam bilan solishtirib boʻlmaydi. Ayni vaqtda, BMT joriy yil uchun
zarur boʻlgan 2,7 milliard dollarlikning yordamning 5 foizini toʻplay oldi.
Gʻarb kuchlari diqqatini boshqa tomonga qaratgan boʻlsa-da, Yaqin Sharq davlatlari
Sudanda faolroq rolʻ oʻynamoqda. Birlashgan Arab Amirliklari Tezkor Harakat
Kuchlarining asosiy qoʻllab-quvvatlovchilaridan biri boʻlib, uni qurol va mablagʻ bilan taʻʻminlaydi,
deyiladi BMTning oshkor qilingan hisobotida. BAA esa har qanday aloqani rad etadi. Ayni
paytda, Eron, Gʻarb diplomatlariga koʻra, armiyani jangovar uchuvchisiz uchoqlar
bilan taʻʻminlamoqda.
Maydondagi
vaziyatni Sudanning murakkab fuqarolik tizimi va isyonchi qoʻshinlar tufayli yanada murakkablashmoqda:
yaxshi qurollangan jangarilar guruhlari
dushman tarafiga oʻtsa,
musulmonlar armiya safiga
qoʻshilmoqda, oddiy
fuqarolar ham qoʻliga qurol olmoqda.
Bunday
beqaror vaziyat armiya boshligʻi general Abdulfattoh al-Burxon va Tezkor harakat
kuchlari rahbari Muhammad Hamdan Dagalo oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida
kelishuvga erishilgan taqdirda ham, buning ehtimoli past, chunki BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarning
vositachilik qilishga urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi, harbiy harakatlar
toʻxtalishlarsiz davom etadi, degan xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Dagalo xorijga qilgan safarlarida oʻzini oliyjanob davlat
arbobi sifatida koʻrsatsa-da,
mamlakatdagi qoʻshinlari urush jinoyatlari, jumladan zoʻrlash, tinch aholiga hujum
qilish va talon-taroj qilishda ayblanmoqda. AQSh esa
armiyani urush jinoyatlarida ayblamoqda.
Oʻtgan oy Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Sindi
Makkeyn Sudandagi urushni "unutilgan inqiroz" deb atadi, bu fikrni
AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild ham takrorladi. "U erda
oziq-ovqat etarli emas, bizda kirish imkoni yoʻq. Bizning moliyalashtirish imkoniyatlarimiz shunchaki
bir-biriga mos kelmaydi - bizda etarli pul yoʻq”, - dedi u.
Manba: Bloomberg