Eron va BAA Janubiy Sudanga qurol etkazib berish boʻyicha BMT embargosini buzganlikda ayblanmoqda
Sudandagi urushda Eron va Birlashgan Arab Amirliklari uchuvchisiz uchoqlaridan foydalanilgani haqida baʻʻzi dalillar topildi.
Eron va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Sudanni vayron
qilgan 14 oylik mojaroda urushayotgan tomonlarga uchuvchisiz uchoqlar etkazib berish boʻyicha BMT
embargosini buzganlikda ayblanmoqda.
2024 yil 12 martda Sudan hukumati askarlari milliy
teleradiokompaniya ustidan nazoratni qoʻlga olishdi. Bunga qadar kompaniya
shtab-kvartirasi Tezkor harakat kuchlari (THK) va chet ellik yollanma askarlar nazorati ostida edi.
Armiya uchun muhim
boʻlgan ushbu harbiy gʻalaba Eron
uchuvchisiz uchoqlari
bilan bogʻliq.
Sudan siyosiy oshkoralik observatoriyasi direktori Suliman
Baldoning aytishicha, urushning dastlabki bosqichlarida armiya faqat havo kuchlariga
tayangan.
THK
Gʻarbiy Sudandagi Xartum va Darfurning koʻp qismini quruqlikdan nazorat qildi,
armiya esa osmonda oʻz mavjudligini saqlab qoldi.
2024 yil yanvarʻ oyi boshida X (sobiq Twitter)da THK tomonidan urib
tushirilgan armiya droni aks etgan video paydo boʻldi.
Gollandiyaning
PAX tinchlik tashkiloti gumanitar qurolsizlanish loyihasi direktori Vim Tsvaynenburg qoldiqlar, dvigatelʻ va
dum Eronda ishlab chiqarilgan Mohajer-6 nomli dronga oʻxshashligini maʻʻlum qildi.
Mohajer-6 uzunligi 6,5 m boʻlib, 2000 km gacha ucha oladi va erkin tushishda boshqariladigan oʻq-dorilar yordamida havo hujumlarini
amalga oshiradi.
"Bu dronlar juda samarali, chunki ular minimal
tayyorgarlik bilan nishonlarni aniqlay oladi", - deydi u.
“Bularning
barchasi Eronning Sudan armiyasini kuchli qoʻllab-quvvatlayotganidan dalolat
beradi”, - deydi u, garchi Sudan boshqaruv kengashi Erondan qurol sotib olishni rad
etsa-da.
“Ushbu
dronlar boshqariladigan oʻq-dorilar bilan jihozlangan boʻlsa, demak, ular Eron
tomonidan etkazib berilgan, chunki bu oʻq-dorilar Sudanda ishlab chiqarilmaydi”, —
deya qoʻshimcha qildi Tsvaynenburg.
Dekabrʻ
oyi boshida Eronning Qeshm Fars Air yuk tashuvchi aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747
yoʻlovchi samolyoti Eronning Bandar Abbos aeroportidan havoga koʻtarilib, Qizil
dengiz tomon yoʻl olgan va keyin radarlardan gʻoyib boʻlgan edi. Bir necha soat
oʻtgach, sunʻʻiy yoʻldoshlar Sudan armiyasi joylashgan mamlakat sharqidagi Port Sudan
aeroportida xuddi shu turdagi samolyotlarning suratlarini tasvirga oldi.
Keyinroq
Tvitterda xuddi shu samolyotning uchish-qoʻnish yoʻlagidagi surati tarqaldi.
Ushbu
parvoz yanvarʻ oyining oxirigacha besh marta takrorlangan, xuddi shu oyda Eron
dronlaridan foydalanish hujjatlashtirilgan.
Eslatib
oʻtamiz, 2018 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi Janubiy Sudandagi qurolli guruhlarga
qurol-yarogʻ oqimini toʻxtatishga qaratilgan choralarni koʻrgan edi.
Qeshm
Fars Air aviakompaniyasi Yaqin Sharq boʻylab, xususan, Eronning asosiy ittifoqchilaridan
biri boʻlgan Suriyaga qurol va qiruvchi samolyotlarni tashish haqidagi koʻplab
daʻʻvolar tufayli vaqti-vaqti bilan AQSh sanktsiyalariga duchor boʻlib turadi.
Shu bilan
birga, urush boshida THK 120 mm minomyot snaryadlarini tushirishga qodir boʻlgan kvadrokopter
dronlardan foydalangani haqida dalillar paydo boʻldi.
Ijtimoiy
tarmoqlardagi suratlar va kadrlar armiya bunday dronlarning koʻpini urib
tushirganini koʻrsatadi.
Amnesty
International tashkilotining qurollar boʻyicha eksperti Brayan Kastner BAA
aralashuviga ishora qildi.
"BAA
Efiopiya va Yaman kabi boshqa mojaro zonalaridagi ittifoqchilariga ham xuddi shunday
dronlarni etkazib bergan", - deydi u.
BMTning
shu yil boshida Xavfsizlik Kengashiga taqdim etgan hisobotiga koʻra, aviatsiya
kuzatuvi boʻyicha mutaxassislar BAAdan Sudanga qurol olib ketayotgani aytilayotgan
fuqarolik samolyotlarining havo koʻprigini kuzatgan. BAA esa bu daʻʻvoni rad etmoqda.