Hijobli ayol nomusulmon davlatda madaniyat vaziri boʻldi
Keniyada yosh muslima ayol madaniyat, sanʻʻat va meros vaziri lavozimini egalladi. Ummi Bashir qurolli toʻqnashuvlar va tinchlik boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlib, hozirda xalqaro munosabatlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yozmoqda. Milliy va xalqaro darajadagi muvaffaqiyatlariga uning koʻp bolali ona ekani xalal berayotgani yoʻq.
Ummi Bashir Keniya Madaniyat, sanʻʻat va meros vazirligining
yangi rahbari. Uning yuqori
lavozimga tayinlanishi mahalliy musulmonlar jamoasi uchun muhim voqea
boʻldi
Bashir prezident Uilyam Ruto hukumatida vazir lavozimini
egallagan yagona musulmon ayoldir. Bashir huquqshunos boʻlib, 2012 yilda advokatlikka
qabul qilingan. Ummi Bashir qurolli toʻqnashuvlar va tinchlik boʻyicha magistr
darajasiga ega va hozirda xalqaro munosabatlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini
yozmoqda, deya xabar qildi IslamNews
nashri Eastleigh Voice’ga tayanib.
Qizigʻi shundaki, Bashir koʻp farzandli ona boʻlib, oilaviy
hayotni yuqori davlat lavozimlari
talablari bilan muvaffaqiyatli uygʻunlashtirgan. Uning oʻzi toʻqqiz farzandli oilada
oʻsgan. Musulmon huquqshunos oʻz faoliyati davomida BMTning bir qancha
agentliklarida ishlagan, jumladan, qochqinlar masalalari bilan shugʻullangan.
2022 yilgi aholini roʻyxatga olish maʻʻlumotlariga koʻra,
keniyaliklarning 18,6 foizi
katoliklar, 36,6 foizi
- protestantlar, 24,5 foizi
- evangelistlar, 8,7 foizi – aborigenlar eʻʻtiqodi, 7,1 foizi – islom diniga amal qilishadi,
1,1 foizi esa
ateistlardir (dinsiz).