Gʻazoda qarshilik harakati portlamay qolgan snaryad yordamida urush boshlanganidan buyon eng yuqori martabali Isroil zobiti – polkovnik Ihsan Daksani yoʻq qildi. Zirhli  mashina ichida boʻlgan boshqa zobitlar ogʻir yaralandi. Ihsan Daksaning millati druz boʻlib, yaqinda Gʻazodagi “muvaffaqiyatlari” uchun martabasi koʻtarilgandi.

Gʻazo sektorining Jabaliya shahrida Izziddin al-Qassam brigadalari tomonidan tezkor maʻʻlumot olish uchun hududga kelgan «Akevot Barzelʻ» zirhli tanklar brigadasi qoʻmondoni polkovnik Ixsan Daksa ham boʻlgan tankni portlatib yubordi.

Portlamay qolgan snaryadan tayyorlangan bomba portlashi natijasida urush boshlanganidan buyon eng yuqori martabali Isroil zobiti oʻldi. Millati druz (shia oqimidan ajralib chiqqan druizm diniga eʻʻtiqod qiluvchi arablar – Azon Global) boʻlgan Ixsan Daksa soʻnggi ikki haftada qatliom markazi boʻlgan Jabaliya lageridagi amaliyotlarga rahbarlik qilgan. Manbalarga koʻra, 500 dan ortiq falastinlikning oʻlimiga sabab boʻlgan Shifa kasalxonasidagi qatliomlarda ham ishtirok etgan.

Polkovnik druzlar jamoasidan boʻlgani sababli uning oʻlgani haqidagi maʻʻlumotlari tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Biroq yahudiy bosqinchilari qancha qurbon bergani va yaradorlar haqidagi maʻʻlumotlarni xaspoʻshlashga ulgurdi.

Hozirda yahudiy jamoatchiligi Daliyat al-Karmel shahri merini 401-zirhli brigada qoʻmondoni (oʻsha shahardan boʻlgan) oʻldirilganini eʻʻlon qilgani uchun hibsga olishga chaqirmoqda.

Falastin manbalariga koʻra, Daksa iyunʻ oyida Rafahda namoyishkorona tarzda brigada qoʻmondoni (u 4 ta batalʻonni oʻz ichiga oladi) etib tayinlangan edi.

20 oktyabrʻ kuni, yaʻʻni lavozimga kelganidan atigi 4 oy oʻtgach, Al-Qassamning brigadalari uni oʻldirishga muvaffaq boʻlishdi.

Mavzuga aloqador