AQSh Gʻazo va Gʻarbiy Sohil uchun qoʻshimcha 53 million dollar ajratadi
AQSh Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga oʻta zarur yordamlarni koʻrsatuvchi gumanitar dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha 53 million dollar yordam beradi. Yangi paket mojaro vaqtida Gʻazoga etkazilgan Amerika yordamining umumiy miqdorini 180 million dollargacha oshiradi.
AQSh
Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga juda zarur yordam koʻrsatuvchi gumanitar
dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha 53 million dollar yordam beradi, deya xabar qilmoqda The New York
Times nashri.
Oq uy rasmiylarining bildirishicha, yangi paket mojaro paytida
Gʻazoga etkazilgan Amerika yordamining umumiy miqdorini 180 million dollargacha
oshiradi.
Qayd
etilishicha, Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar aks-sadosi olislardagi AQShda
boʻlib oʻtayotgan prezidentlik saylovlarga ham oʻz taʻʻsirini koʻrsatmoqda. Xususan, arab
millatiga mansub amerikaliklar eng koʻp istiqomat qiluvchi Michigan shtatida koʻplab
demokrat saylovchilar prezidentlik praymerizlarida prezident Baydenni
qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortib, Bayden maʻʻmuriyati Isroilni
qoʻllab-quvvatlayotganidan noroziligini bildirdi.
Bayden
Michigan shtatidagi praymerizda sezilarli farq bilan gʻalaba qozongan boʻlsa-da, noroziliklar
uni Gʻazo boʻyicha oʻz pozitsiyasini oʻzgartirishi kerakligi, aks holda noyabrʻ oyida
boʻlib oʻtadigan umumiy saylovlar natijalariga salbiy taʻʻsir koʻrsatishi
mumkinligidan darak bermoqda.