Bombalanayotgan Gʻazo: 378-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 378 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Zaytun hududi, Rafah, Jabaliya va Magʻozi
lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 42 438 kishi shahid boʻldi.
▪️Falastin qarshilik harakati etakchisi, HAMAS rahbari Yahyo
Sinvar oʻz askarlari bilan birga Rafahdagi jangda halok boʻldi.
▪️HAMAS
harakati bosqinchilarning qarshilik qoʻmondoni Yahyo Sinvarning oʻlimi haqidagi
bayonotiga munosabat
bildirmadi.
▪️Hizbulloh: Dushmanga qarshi kurashning yangi va shiddatli bosqichiga oʻtdik.
Bosqinchilar 55 zobit
va askarini yoʻqotdi, 500 dan ortiq kishi yaralandi. 20 ta “Merkava” tanki, 4 bulʻdozer va ikkita vertolyot
yoʻq qilindi.
▪️Livan chegarasida, Aita al-Shaab hududida qarshilik
jangchilari bosqinchilar otryadini magʻlub etishdi. Yaradorlar va oʻlganlarni
evakuatsiya qilish uchun kelgan bir guruh askar ham hujumga uchradi.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Soʻnggi 24 soat ichida
Isroilning zarbalari natijasida 45 kishi halok boʻldi va 179 kishi yaralandi.
▪️JSST: Isroil tibbiyot mutaxassislarining Gʻazoga kirishiga
toʻsqinlik qilmoqda.